Prezident Şavkat Mirziyoyev 11 noyabr kuni Yangi Toşkentda yirik sport inşooti – zamonaviy futbol stadioni qurilişiga tamal toşi qöyiş marosimida iştirok etdi.

– Yaqinda FIFA prezidenti Janni Infantino mamlakatimizga taşrifi davomida Özbekistonda futbolga e’tibor, yaratilgan infratuzilma, boşqariş tizimidagi islohotlar bilan yaqindan tanişib, uşbu sportdagi tub özgarişlarni yuqori baholadi. Janob Infantino samimiy muloqotimiz çoğida xalqaro futbol hamjamiyatining mamlakatimizga bölgan işonçi tobora ortib borayotgani, Özbekiston futboli “Osiyo grandlari” darajasida ekanini alohida ta’kidladi, dedi prezident.

2 oktabr kuni FIFA Kengaşi yiğilişida futbol böyiça 20 yoşgaça bölganlar örtasida 2027 yildagi jahon çempionatini Özbekiston va Ozarbayjonda ötkaziş böyiça qaror qabul qilingan edi.

Uşbu jahon çempionati doirasidagi öyinlar ikki mamlakatdagi 3 tadan stadionda ötkaziladi. Jahon çempionatlarining final va yarim final öyinlari siğimi 50 mingdan köp bölgan stadionda ötkazilişi FIFA talablaridan biri hisoblanadi.

– Şu bois, mamlakatimiz futboli uçun muhim loyiha – Yangi Toşkent stadioni qurilişini boşlaymiz. Qiymati 100 million dollarlik uşbu stadion qurilişi uçun nega aynan Yangi Toşkent hududi tanlandi? Sababi Yangi Toşkent kelajakda mamlakatimizning yangi imkoniyatlar va ilğor ğoyalar markaziga aylanadi, dedi Mirziyoyev.

Ta’kidlanişiça, Yangi Toşkent stadioni FIFAning barça talablariga mos ravişda barpo etiladi hamda Osiyodagi eng yirik va zamonaviy infratuzilmaga ega futbol maydonlaridan biri böladi.

Bu inşoot nafaqat 2027 yilgi 20 yoşgaça bölganlar örtasidagi jahon çempionati uçun, balki butun özbek futboli va yoşlar sportining kelgusi ön yillik rivoji uçun xizmat qilişi ta’kidlandi. Çempionatga tayyorgarlik böyiça alohida davlat dasturi qabul qilinişi aytildi. Infratuzilma, transport, mehmonxona, tibbiy xizmat va volontyorlik tizimlari böyiça mas’ul vazirliklarga aniq vazifalar belgilab beriladi.

– Yangi Toşkent stadioni uçun hozir biz qöyadigan tamal toşi – bugungi mehnatimizning va ertangi ğalabalarimizning asosidir. Işonamanki, bu ulkan inşoot yoşlar uçun ilhom, xalqimiz uçun iftixor ramzlaridan biri bölib, yurtimizdagi millionlab futbol muxlislariga katta sovğa böladi, dedi prezident.