Oliy Majlis Senatining 18 may kuni ötkazilgan navbatdagi majlisida bir qator qonunlar, jumladan, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga kiritilayotgan özgartirişlar ma’qullandi.

Yangi tartibga köra, avtomobil odometrini almaştirib yoki körsatkiçini özgartirib (bosib ötilgan yöl körsatkiçini kamaytirib), bu haqda xaridorni ogohlantirmaganlik uçun alohida ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.

Jumladan, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning yangi kiritilgan 178-2-moddasiga köra, uşbu qilmiş BHM 10 baravaridan 15 baravarigaça (4,12 million sömdan 6,18 million sömgaça) miqdorda jarima solişga sabab bölişi belgilanmoqda. Mazkur norma ikkilamçi avtomobil bozoridagi firibgarliklarning oldini olişga qaratilgan.

«Uşbu norma avtomobil bozoridagi firibgarlik holatlariga çek qöyiş, avtomobil savdosidagi suiiste’molni bartaraf etiş hamda iste’molçilarning işonçli ma’lumot oliş huquqini kafolatlaşga xizmat qiladi», dedi Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisi Abdulhakim Eşmurodov.













