Ukraina qurolli kuçlari Pokrovsk şimolidagi Rodinskoye qişloğini qaytarib olişga muvaffaq böldi, bu esa bu hududda himoyalanayotgan guruhning vaziyatini biroz yaxşiladi, endi Rossiyaning janubdan navbatdagi ehtimoliy hujumining oldini oliş uçun Pokrovsk va uning ğarbiy çekkalarida qarşi hujumga ötişgan.

Rossiya qöşinlari Pokrovskning janubiy va şarqiy qismlarida hujumni davom ettirmoqda va ukrainlarning quruqlikdagi ta’minot yöllarini öqqa tutmoqda.

10 va 11 noyabr kunlari e’lon qilingan geolokatsiyalangan kadrlar Rossiya qöşinlari Pokrovsk janubi-şarqida va Mirnograd janubi-şarqida biroz oldinga siljiganini körsatmoqda.

Rossiya qöşinlari katta ehtimol bilan Pokrovsk va Mirnogradni egallaydi, ammo Rossiya harbiy qömondonligi frontning boşqa uçastkalaridan bu yönalişga köproq resurslarni yönaltirmagani tufayli köproq vaqt talab qildi va köproq yöqotişlarga olib keldi, deb hisoblaydi Amerika uruşni örganiş instituti (ISW) tahlilçilari.

Ammo Rossiya qömondonligi bir vaqtning özida butun harbiy harakatlar maydoni böylab bir neçta hujum operatsiyalarini ötkazişga qaror qildi.

Frontning boşqa uçastkalarida nimalar bölyapti?

Xaritadan köriş mumkinki, hozirda eng faol harbiy harakatlar Xarkiv oblastining şimolidagi Vovçansk hududida va Velikiy Burluk yönalişida; Xarkiv oblasti şarqidagi Kupyansk hududida; Donetsk oblastida «qal’alar kamari»ning şimoli-şarqida Şimoliy yönalişda; Donetsk, Dnipropetrovsk va Zaporijjya oblastlari tutaşgan joy yaqinida Velikiy Mixaylovsk yönalişida, şuningdek, Zaporijjya oblastining şarqida Gulyaypole yönalişida davom etmoqda.

Ikki tomondagi manbalar Rossiya qöşinlari qator uçastkalarda tumanli ob-havoda ukrain dronlari ojiz qolganidan foydalanib, yaşirinça oldinga siljişga erişganini xabar qilmoqda.

«Nisbatan qulay pozitsiyalarga ötiş»

Ukraina qurolli kuçlari uçun ança xavotirli vaziyat Zaporijjya oblasti şarqida yuzaga kelmoqda, u yerda Rossiyaning «Vostok» qöşinlari guruhi Yançur daryosini tezda keçib ötişga muvaffaq bölgan va Gulyaypole şahriga hujum qilmoqda.