Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Toğli Qoraboğ uruşi tugaganidan keyin birinçi bölib yordam taklif qilgan Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning rolini ta’kidladi.
U Özbekiston prezidentini Ozarboyjonni qöllab-quvvatlagan dunyodagi birinçi davlat rahbari deb atadi.
«Özbekiston Qoraboğ mintaqasini tiklaşda yordam körsatiş taşabbusi bilan çiqqan birinçi davlat, prezident Mirziyoyev esa dunyodagi birinçi yetakçi böldi. Biz buni mamlakatlarimiz va xalqlarimiz örtasidagi birdamlik, döstlik, birodarlik qadami sifatida doimo yodda saqlaymiz va qabul qilamiz», dedi Aliyev.
Avvalroq, Ilhom Aliyev «Özbekiston – Ozarboyjon uçun qardoş mamlakat, işonçli ittifoqçi. Bizni muştarak ildizlar, ma’naviy qadriyatlar, til, etnik yaqinlik, boy tarixiy va madaniy meros birlaştirib turadi», degan edi.











