Yangi qoidalar mulkçilik şaklidan qat’i nazar, köp kvartirali uylar va ularga tutaş hududlarda umumiy mol-mulkni saqlaş, undan foydalaniş va texnik ekspluatatsiya qiliş tartibini belgilaydi. Hujjatda bino, inşoot, umumiy mol-mulk, ventilyatsiya, rekonstruksiya, mukammal ta’mirlaş, monitoring kabi bir qator asosiy tuşunçalarga aniq ta’riflar beriladi.

Qoidalarga muvofiq, köp kvartirali uylar va uyga tutaş hududdan foydalaniş quyidagi talablar asosida amalga oşirilişi lozim: aholi uçun qulay va xavfsiz yaşaş şaroitlarini ta’minlaş, uylarning muddatidan oldin eskirişi va avariya holatlarini oldini oliş, nazorat va parvarişlaş işlarini öz vaqtida va sifatli bajariş, şuningdek uşbu jarayonlarni taşkiliy va texnik jihatdan muvofiqlaştiriş.

Hujjatda köp kvartirali uylardagi umumiy mol-mulk tarkibi aniq sanab ötilgan. Jumladan, zinalar, liftlar, umumiy foydalanişdagi yölaklar, çordoq va yertölalar, texnik qavatlar, muhandislik kommunikatsiyalari, tom va yuk kötaruvçi konstruksiyalar, içki suv ta’minoti, oqova, issiqlik va elektr ta’minoti tizimlari, axborot va telekommunikatsiya tarmoqlari, uyga tutaş yer uçastkasi, sport va bolalar maydonçalari, avtoturargohlar va boşqa obektlar umumiy mol-mulk sifatida qayd etilgan.

Umumiy mol-mulkni saqlaş va ta’mirlaş uçun sarflanadigan xarajatlar joylar mulkdorlarining umumiy mulkdagi uluşiga mutanosib ravişda ular zimmasiga yuklatiladi. Bunda uy-joy mulkdorlari tomonidan boşqaruvçi taşkilot bilan tuziladigan şartnomalar, uy-joy mulkdorlari şirkatlari yoki bevosita boşqariş şakli orqali xizmat körsatuvçi va pudratçi taşkilotlarni jalb qiliş imkoni nazarda tutilgan.

Qoidalarda köp kvartirali uylarni boşqariş şakllari, quriliş taşkilotidan boşqaruvçi taşkilotga uyni topşiriş tartibi, umumiy mol-mulk holatini tekşiriş va rasmiylaştiriş, şuningdek boşqaruv organlari hamda mulkdorlarning huquq va majburiyatlari aniq belgilab qöyilgan. Jumladan, boşqaruv organi uyning texnik hujjatlarini yuritişi, binolar va muhandislik tizimlarini muntazam körikdan ötkazişi, avariya holatlarini bartaraf etiş va mavsumiy tayyorgarlik işlarini taşkil etişi şart.

Hujjatda fundament va yertöla, devorlar, fasadlar, tom va qavatlararo yopmalar, kiriş yölaklari, liftlar, ventilyatsiya kanallari, issiqlik, suv va oqova tizimlari, gaz va elektr ta’minoti, şuningdek uylarga örnatilgan quyoş panellaridan foydalaniş va ularga texnik xizmat körsatiş böyiça alohida talablar belgilangan. Energiya samaradorligini oşiriş, energiya tejovçi texnologiyalarni joriy etiş, hisoblaş asboblaridan foydalaniş tartibi ham qoidalarda öz aksini topgan.