Joriy yil 7 noyabr kuni Sirdaryo viloyati Soliq boşqarmasi boş inspektori tomonidan Sirdaryo tumanida faoliyat yurituvçi MÇJda ötkazilgan tekşiruv jarayonida korxonada 400 mln söm miqdorida soliq qarzdorligi mavjudligi aniqlangan.

Qonunçilikka köra, bunday holatlar uçun ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan bölsa-da, Soliq boşqarmasi şu’ba boşliği boş inspektor bilan oldindan til biriktirib, qarzdorlik summasini 90 mln sömgaça kamaytirib beriş evaziga 1500 AQŞ dollari miqdorida pora talab qiladi.

U söralgan pul mablağini olgan vaqtida DXX va prokuratura xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlanadi. Tezkor tadbir davomida soliq qarzdorligini kamaytiriş böyiça rasmiylaştirilgan dalolatnomani jamiyat rahbariga topşirayotgan boş inspektor ham protsessual tartibda qölga olingan.

Ayni paytda mazkur soliq xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” va “g” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllangan.

Navbatdagi holat Andijon viloyatida qayd etildi. Viloyat Soliq boşqarmasining bölim inspektori Uluğnor tumanida quyoş panellari örnatiş bilan şuğullanuvçi MÇJ yuridik manzili böyiça örganiş işlarini olib boriş çoğida korxona körsatilgan manzilda faoliyat yuritmayotgani va hisobotlardagi tovar-moddiy boyliklar böyiça nomutanosibliklar mavjudligini aniqlaydi.

Inspektor holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylaştirib, jamiyatning bank hisob raqami böyiça operatsiyalarni töxtatib qöyadi. Şundan söng u öz xizmat mavqeidan foydalanib, aniqlangan kamçiliklar yuzasidan ma’muriy huquqbuzarlik bayonnomasini rasmiylaştirmaslik, şuningdek, bank hisob raqamiga qöyilgan taqiqni olib taşlaşni va’da qilib, MÇJ hisobçisidan 500 AQŞ dollari miqdorida pora talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati, Soliq qömitasi Şaxsiy xavfsizlik boşqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda u 6 mln söm ekvivalentidagi pul mablağini qarindoşlariga tegişli 2 ta bank plastik kartasiga ötkazdirib olgan vaqtda uşlangan.

Hozirda soliq inspektorga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllangan.

Yana bir holat Majburiy ijro byurosi Samarqand şahar bölimida qayd etilgan. Davlat ijroçisi fuqarolik işlari böyiça Samarqand şahar sudining javobgar şaxsga nisbatan bank foydasiga 117 mln 804 ming söm miqdoridagi qarzdorlikni undiriş haqidagi qaror böyiça çiqarilgan ijro varaqasini sud tizimida işlovçi tanişlari orqali bekor qilib berişini va’da qiladi.