Inson ommaga qöşilgan zahoti fikrlaş qobiliyatini yöqotadi. Ba’zan kuçli bir ehtiros millionta mantiqiy dalilni yengadi. Siyosatçilarning populizmidan tortib jurnalist-blogerlarning xaypigaça - barçasi bir qonuniyatga asoslanadi. Va eng qiziği, siz bundan özingizni himoya qila olmaysiz. Bugun “5 daqiqa”da Gustav Lebonning “Omma psixologiyasi” haqida gaplaşamiz.
Uşbu asar omma deb ataladigan katta guruhlar qanday fikrlaydi, qanday harakat qiladi va nega ba’zan mantiqsiz qarorlar qabul qiladi, şuni tuşuntirişga qaratilgan. U ommaviy ruhiyatni oçib taşlab, odamlarning ta’sirçan va ehtirosga moyil tabiatini körsatadi.
Asarning yuragi - “olomon ongi” degan tuşunça. Ya’ni ayrim hollarda odamlar yolğiz holatda juda aqlli bölişi mumkin, ammo ommaga qöşilgan zahoti mantiqiy fikrdan yiroqlaşib ketadi. Odam emas, olomon qaror qabul qiladi. Va bu qaror köpinça ehtiros sababli amalga oşadi.
Olomon ongi nima?
Omma mantiq bilan emas, hissiyot bilan harakat qiladi. Agar bir narsa ularni qörqitsa - qoçadi. Ilhomlantirsa - yugurib ketadi. Şubhalansa - heç bir gapga işonmaydi. Lekin işonsa, heç narsa ularni töxtata olmaydi. Lebonning ta’biri bilan aytganda, omma - bir lahzalik ruhiy tölqinlarda yaşaydi.
Ommada mantiq örnini ramzlar, obrazlar, şiorlar egallaydi. Agar bir fikr sodda va ta’sirli aytilsa, omma unga işonadi. Bu vaqtda qançalik çuqur mantiqiy dalillar keltirilmasin, ommaga ta’sir ötkazmaydi. Şuning uçun siyosatda, biznesda va hatto dinga oid masalalarda ham ommani boşqaruvçi asosiy kuç - his-tuyğulardir.
Odamlar liderga muhtoj
Muallifga köra, Lider - bu dono yoki buyuk inson emas. U ommadagi yaşirin hissiyotlarni uyğotib bera oladigan odam.
Bu kitobda liderlar ommani qanday boşqarişi haqida juda qiziq ma’lumotlar bor.











