Heç kim vijdonini bir kunda yöqotmaydi. Bu jarayon sekin-asta sodir böladi. Avval haqiqatni aytmaysiz, keyin nohaqlikni körib ham jim turasiz. Keyin esa sukunatingizni “şaroit”, “majburiyat”, “oila” yoki “mansab” degan sözlar bilan oqlay boşlaysiz. Eng xavflisi ham şu. Çunki insonni mana şunday kiçik murosalar özgartiradi.
5 daqiqa’ning navbatdagi sonida Murod Muhammad Döstning “Lolazor” romani haqida gaplaşamiz.
Şubhasiz, asar markazida Nazar Yaxşiboyev turadi. Bir qaraşda u odatdagi amaldordan biri. Hayoti davomida mansab körgan, davrning yuqori qatlamlarida yurgan inson. Ammo muallifni uning lavozimi emas, köproq “içkarisi” qiziqtiradi. Inson qaçon özini yöqota boşlaydi? Qaçon mansab şaxsiyatdan ustun keladi? Qaçon odam haqiqatni emas, özi işonişni xohlagan yolğonni himoya qila boşlaydi? Roman şu kabi savollarga javob beradi.
Bu asarni köpçilik “sovet tuzumi haqidagi roman” deydi. Bu fikrda jon bor, albatta. Sababi, asarda öşa davr muhiti, amaldorlar psixologiyasi, hokimiyatning insonni qanday özgartirişi juda kuçli tasvirlangan. Lekin “Lolazor”ning haqiqiy qiymati yana ham çuqurroqda.
Çunki tuzumlar almaşadi, davrlar özgaradi. Lavozimlar boşqaça nomlanadi, ammo insonning tabiati deyarli özgarmaydi.
Muallif asarda vaqtni odatdagidek tasvirlamaydi. Keça, bugun va ertaga degan tuşunça bir-biriga qorişib ketgan. Bu uslub ham tasodifiy emas. Çunki inson öz hayotini ana şunday eslaydi. Özingiz va özgalarda qolgan uzuq-yuluq xotiralar bilan butun hayotingizni tiklaysiz.
Bu asarning nomlanişi hamişa muhokamalarga sabab bölib kelgan. Hamma öziça talqin qiladi, anglagan haqiqatini gapiradi.
“Lolazor” oddiy bir joy nomi emas. U inson ongida saqlanib qolgan bir dunyo, qaytib bölmaydigan poklik, orzu va yoşlikning ramziga aylanadi. Yaxşiboyev qança baland kötarilmasin, botinida öşa yöqotilgan ma’naviy makonni qidirişdan töxtamaydi. Fojia şundaki, ba’zi manzillarga qaytişning iloji bölmaydi, hayot bu imkoniyatni insonga qaytadan bermaydi.
Yozuvçi romanda juda nozik kinoyadan foydalanadi. U qahramonlarini masxara qilmaydi. Biroq ularning özlarini muhim deb bilgan işlari vaqt oldida naqadar arzimas ekanini körsatadi. Bir paytlar hal qiluvçi bölib tuyulgan yiğilişlar, balandparvoz ma’ruzalar, mukofotlar, mansablar... yillar ötib, bularning barçasi xotiraning çang bosgan burçagida qolib ketadi. Qoladigan yagona narsa insonning vijdoni bilan munosabati, özini qay darajada toza saqlab qolgani, demoqçi böladi.
















