F guruhi

Portugaliya – Armaniston 9:1
Gollar: Veyga, 7 (1:0). Spersyan, 18 (1:1). Ramush, 28 (2:1). Joau Nevesh, 30 (3:1). Joau Nevesh, 41 (4:1). Brunu Fernandesh, 45+3 – penalti (5:1). Brunu Fernandesh, 52 (6:1). Brunu Fernandesh, 72 – penalti (7:1). Joau Nevesh, 81 (8:1). Konseysau, 90+2 (9:1)
Portugaliya: Koshta, Ruben Diash (Mateus Nunes, 73), Veyga, Joau Kanselu (Ruben Nevesh, 73), Semedu, Bernardu Silva (Borjyesh, 56), Vitinya (Joau Feliks, 67), Joau Nevesh, Leau (Konseysau, 56), Brunu Fernandesh, Ramush
Armaniston: Avagyan, S. Muradyan (Bandikyan, 82), Mkrtchan, Tiknizyan, Piloyan (Arutyunyan, 56), K. Muradyan, Spersyan, Agasaryan (Sevikyan, 46), Serobyan (Shagoyan, 46), Oganesyan, Ranos (Eloyan, 65)
Ogohlantirish: S. Muradyan, 70

Portugaliya milliy jamoasi vazifani uddaladi va o‘z maydonida jahon chempionati yo‘llanmasini nishonladi. Roberto Martines shogirdlariga Krishtianu Ronalduning yo‘qligi sezilmadi va armanlar darvozasiga to‘qqizta gol urildi. Irlandiyaga qarshi o‘yindagi qizil kartochka tufayli diskvalifikatsiyaga uchragan portugaliyalik yulduz esa gollari sonini oshirib olish (u minglik dovonni zabt etishga harakat qilmoqda) imkoniyatidan foydalana olmadi. Joau Nevesh va Brunu Fernandesh het-trik nishonladi. «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi uchun bu faoliyatidagi to‘rtinchi (milliy jamoadagi birinchisi) het-trik bo‘ldi. Asosiysi jamoa qatorasiga yettinchi bor jahon chempionatiga boradi, Yevropada bundan yaxshiroq seriya bilan faqat Germaniya, Ispaniya va Fransiya maqtana olishi mumkin.

Vengriya – Irlandiya 2:3
Gollar: Lukach, 3 (1:0). Perrott, 15 – penalti (1:1). Varga, 37 (2:1). Perrott, 80 (2:2). Perrott, 90+6 (2:3)
Vengriya: Dibus, Salai, Orban, Kerkez, Nego (Mochi, 90+3), Soboslai, Shefer (Etvesh, 63), Tot (Bolla, 76), Sholloi (Redzich, 90+3), Lukach (Stayls, 63), Varga
Irlandiya: Kelleher, Kollinz, O`Shi, O`Brayyen (Menning, 46), Kallen (Teylor, 80), Molumbi (Ebosele, 60), Skeyls, Koulman (Kenni, 60), Eyzas, Ogbene (Ida, 53), Perrott
Ogohlantirishlar: Salai, 45. Varga, 90 – Skeyls, 68. Kallen, 78. Ebosele, 89. Perrott, 90

3-turdan keyin atigi 1 ochkoga ega bo‘lgan Irlandiya keyingi 3 turda 9 ochko to‘pladi va o‘tish o‘yinlari orqali jahon chempionati uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi. G‘alaba suv va havodek zarur bo‘lgan irlandlar Budapeshtdagi hal qiluvchi o‘yinda ham hisobda ortda borayotgandi. Keyin esa Troy Perrott katta sahnaga chiqdi. O‘tgan turda Portugaliyaga qarshi o‘yinda (2:0) dubl qayd etgan hujumchi bu safar birinchi bo‘limda penaltini aniq ijro etdi, keyin esa 80- va 90+6-daqiqalarda gol urdi. Bu o‘yinda durang ham qoniqtiradigan Vengriya yakunda o‘tish o‘yinlarida ishtirok etish huquqidan mahrum bo‘ldi.