Oliy darajadagi muzokaralar yakunida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov “Şovot–Toşhovuz” qöşma çegaraoldi savdo zonasini işga tuşiriş marosimida iştirok etdi.

Mazkur hududda direksiya, bojxona, karantin, fitosanitariya va veterinariya xizmatlarining ma’muriy binolari, savdo paviloni va omborlar joylaşgan.

Zonada “yagona darça” tamoyili asosida davlat xizmatlari körsatiladi. Şuningdek, interfaol tizimlar, bank, tibbiyot va mehmonxona xizmatlari uçun zarur infratuzilma, katta avtoturargoh ham taşkil etilgan.

Yangi savdo zonasi umumiy aholisi 3,5 milliondan ziyod bölgan ikkita muhim hudud – Özbekistonning Xorazm viloyati va Turkmanistonning Toşhovuz viloyati örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirişga xizmat qiladi.