Assalomu alaykum, azizlar. Bugun 16 noyabr, yakşanba. Darrov bir hafta ötdi va yana siz bilan haftaning muhim voqealarini eslaymiz. Ortda qolayotgan haftada pöraxor amaldorlar Ukrainani çinakam botqoqqa botirişdi, Rossiya yana bir muvaffaqiyatli operatsiya ötkazib, Pokrovsk egallanişini naqd qildi, qömondon Abu Muhammad al Jölaniy Vaşingtonga bordi, lekin bir neça yil oldin okopdagi safdoşlari bilan közlagan maqsadi yölida emas, «çinovnik» sifatida.

Jölaniy AQŞda

Hafta boşida Suriya prezidenti Ahmad aş Şar’a rasmiy taşrif bilan AQŞga bordi. 7 noyabrgaça Vaşingtonning terrorçilar röyxatida turgan Jölaniy Oq uyda butun boşli Amerika prezidenti Tramp bilan körişdi. Al Qoidaning Suriyadagi qömondoni bölib yurgan vaqtida ham Abu Muhammad al Jölaniy quroldoş döstlari bilan Amerikaga, Vaşingtonga, Oq uyga borişni orzu qilgani aniq. Lekin boşqaça maqsad bilan. Nima demoqçi ekanimni tuşundingiz deb öylayman. Biroq Jölaniy Vaşingtonga «yoşligidagi orzusini amalga oşiriş uçun» emas, Suriyaning xalqaro tan olingan legitim prezidenti sifatida bordi.

Oq uyga qaysidir davlat rahbari borsa, odatda öşa mamlakatning muxolif kayfiyatdagi odamlari bino yaqinida norozi kayfiyatdagi bannerlar kötarib çiqişadi. Lekin Jölaniy oxirgi yillarda Vaşingtonda eng iliq kutib olingan davlat rahbari böldi çamamda. Şaxsan men kimnidir Vaşington köçalarida bunaqa iliq kutib olişlarini körmaganman. Şundan ham suriyaliklar Başar Asad ağdarilganidan qançalik xursand bölganini seziş mumkin.

Tramp Jölaniyni odatdagidek Oq uyning maşhur şiyponida kutib olmadi. Suriya prezidenti Trampning kabinetiga orqa eşikdan kirdi. Axir u butun boşli qömondon, xavfsizlik böyiça öz talablari bor, qaysi davlatda bölmasin özining ehtiyotini qilişni biladi.

Tramp Suriya prezidenti Ahmad aş Şar’a unga yoqqani, yaxşi çiqişib ketişganini aytdi. Bu uçraşuvda katta ehtimol heç qanday kelişuv bölmagan. Yaqingaça Amerika kallasi uçun mukofot taklif qilgan, xavfli terrorçi deb e’lon qilgan odam bugun Oq uyda xuddi öşa Amerikaning prezidenti bilan uçraşgani dunyo siyosati qançalik ikkiyuzlamaçi ekanini biliş uçun kifoya böldi.

Arzon neft davri keldimi?

Dunyo neft bozoridagi vaziyatni kuzatib boradigan statistika taşkilotlari hisobotida aytilişiça, hozir dunyo okeanlarida kamida milliard barrel neft xaridorini kutib töplanib qoldi. Bu neftning katta qismi Rossiyaga tegişli, şuningdek, Venesuela va Eronga tegişli neft ortilgan tankerlar sanksiya sabab mijoz topişga qiynalgani uçun ummonda langar taşlaşga majbur bölgan. Davlatlar Amerika ikkilamçi sanksiyalariga tuşişdan qörqib bu tankerlarni öz sohillariga kiritişga qörqayotgan bölişi mumkin.