Toşkentda ötgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlari maslahat uçraşuvida Ozarboyjon formatning tölaqonli a’zosiga aylandi. Kun.uz bilan suhbatlaşgan siyosiy tahlilçilarga köra, Ozarboyjon bilan mintaqa yanada kuçli böldi. Dialog esa mintaqaviylikdan mintaqalararo qamrovga köçdi. Lekin asosiy maqsad – antirossiya guruhini tuziş emas.
Ozarboyjon oxirgi 3 yilda ketma-ket Markaziy Osiyo davlat rahbarlari Maslahat uçraşuvlarida qatnaşib keldi. Toşkentda 16 noyabr kuni bölib ötgan asosiy sammitda esa Boku tölaqonli a’zo sifatida muloqotga qöşildi. 2018 yilda faqat Markaziy Osiyo davlatlari iştirokida tuzilgan format endi mintaqadan taşqariga ham çiqdi. Kun.uz bilan suhbatlaşgan siyosiy tahlilçilar – Aziz Karimov va Şuhrat Rasullarning fikriça, bu juda yaxşi signal. Çunki endi mintaqa ovozi yanada balandroq çiqadi, yanada kuçli böladi.
“Bu transformatsion davr boşlanganiga signal. Ozarboyjon mintaqa davlatlari uçun Turkiya va u orqali Yevropaga ötişiga darvoza. Endilikda Janubiy Kavkaz mintaqasini Markaziy Osiyo bilan birga deb qaraş kuçayadi. Ozarboyjon bor infratuzilmasini bu davlatlarga taklif etmoqda”, deydi Özbekiston Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti eksperti Aziz Karimov.
Iqtisodçi, siyosiy tahlilçi Şuhrat Rasulga köra esa masala faqat Ozarboyjonning Markaziy Osiyoga taqdim eta oladigan imkoniyatlarida emas. Ya’ni Boku mintaqaga faqatgina savdo koridorlari va transport-logistika tomonlama takliflari bilan qiziq emas.
“Men e’tiborni prezident Mirziyoyevning maslahatçisi Abdulaziz Komilovning bergan intervyusiga qaratgan bölardim. U yangi geosiyosiy jarayonlar boşlanganini aytdi, mana gapning asosiy boşi qayerda”, deydi Şuhrat Rasul.
Ba’zi siyosatşunoslar Ozarboyjonning oxirgi 1 yilda Rossiya bilan siyosiy tortişuvlari sabab Markaziy Osiyo bilan birlaşişini antirossiya xarakteridagi qadam, deya baholadi. Biroq Kun.uz bilan gaplaşganlar buni qat’iy rad etmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari nima qilayotganini biladi, ular Rossiyaga qarşi emas, deydi tahlilçilar.
“Biror Markaziy Osiyo davlati Rossiyaga qarşi emas, ular asosiy iqtisodiy şeriklaridan biri bu davlat ekanini biladi. Lekin Markaziy Osiyo tenglik közi bilan qaralaşini xohlaydi”, deydi Şuhrat Rasul.
Aziz Karimov fikriça, “hamma narsani şimoliy qöşnimiz bilan boğlayveriş ham töğri emas”.











