Futbol böyiça Nigeriya milliy jamoasi 2026 yilgi jahon çempionati saralaşining ikkinçi raundi finalida sensatsion ravişda Kongo demokratik respublikasi jamoasiga yutqazib qöydi.
Holbuki nigeriyaliklar öyinning uçinçi daqiqasidayoq hisobni oçişgandi – yarimhimoyaçi Frenk Oneka gol urdi. Ammo yarim soat ötib raqib hujumçisi Elia Meşak muvozanatni tikladi (1:1). Öyinning asosiy vaqtida va qöşimça bölimlarda ğolib aniqlanmadi va jamoalar penaltilar seriyasiga ötdi, futbol lotereyasida esa Afrikaning eng kuçli jamoalaridan biri mağlub böldi (3:4).
Kongoliklar boş murabbiyi Sebastyan Dezabr 120-daqiqada zaxira darvozaboni Timoti Fayuluni maydonga tuşirdi. Bu uşbu darvozabon uçun milliy jamoadagi ilk rasmiy öyin böldi. Lekin penaltilar böyiça mutaxassis hisoblanmagan uşbu darvozabon işonçni oqladi va ikkita zarbani qaytardi.
Nigeriyaliklar ustozi Erik Şell esa penaltilar seriyasi vaqtida faollik bilan raqiblar murabbiylar ştabiga e’tiroz bildirib turdi, yakuniy zarbadan keyin esa muştlaşuv keltirib çiqardi.
U öyindan keyingi intervyusida mağlubiyat uçun raqiblarni sehr-jodu işlatişda ayblaşdan boşqa bahona topa olmadi.
ESPN muxbiri xabar berişiça, Şell hal qiluvçi penaltilar seriyasi yuzasidan izoh berarkan, raqiblar taqiqlangan usulga qöl urganini iddao qilgan.
«Barça penalti zarbalari vaqtida Kongodan bölgan bir yigit qandaydir sehrgarlik bilan maşğul böldi. Har safar... Har safar! Men şu tufayli juda qattiq asabiylaşdim», – degan u.
U jurnalistning aynan nimani nazarda tutayotgani haqidagi savoliga aniq javob bera olmagan. «Bunaqa qildi (qöllarini silkitgan). Bilmayman, balki u suv sepgandir yoki şunga öxşaş nimadir qildi», – deya qöşimça qilgan murabbiy qöllari bilan suv sepiş harakatini tasvirlab.
Keyinroq u mikst-zonada aniqlik kiritib, vudu marosimini nazarda tutganini aytdi.
Ammo nigeriyalik muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda mağlubiyat sababini aynan boş murabbiyning xato qarorlari bilan boğlamoqda, u ikkinçi bölimda Viktor Osimhen, Ademola Lukman, Samu Çukveze va Aleks Ivobi kabi yetakçilarni maydondan olgandi va penaltilar seriyasida asosiy yulduzlarning yöqligi bilindi.
Şu tariqa, bir vaqtlar jahon çempionatlarining muntazam iştirokçisi bölgan Nigeriya qatorasiga ikkinçi mundialni ötkazib yuboradigan böldi.
Kongo futbolçilari million dollar uçun kuraşmoqda

Kongoliklarning çindan ham omadi kelmoqda – bundan oldingi bosqiçda ular Kamerunni 90+2-daqiqada urilgan gol evaziga mağlub etişgandi.
Kongo DR endi yöllanma uçun kuraşni davom ettiradi va qit’alararo ötiş bahslarida qatnaşadi. Agar «sehrgarlar» jamoasi 2026 yil mart oyida ötkaziladigan qöşimça turnirda yana ikkita öyinda (agar iştirokçilar orasida top-2 reytingga kira olişsa, bitta öyin ham yetadi) ğalaba qozonişsa, 1974 yildan buyon ilk bor jahon çempionatiga çiqadi.
Buning uçun katta stimul bor – mamlakat futbol federatsiyasi turnirning final bosqiçiga çiqiş evaziga har bir futbolçiga 1 million dollar miqdorida mukofot puli va’da qilgan.
Nigeriyaliklar maşğulotlarni boykot qilgandi
Nigeriyaliklarda esa, aksinça, motivatsiya borasida muammolar bor edi. OAVda çiqqan xabarlarga köra, öyindan ikki kun oldin futbolçilar maşğulotlarni boykot qilişgan.
«Butun tarkib, jumladan, rasmiy şaxslar, tölovlar masalasi hal qilinmagani tufayli bugungi maşğulotlarni boykot qilişdi», – deya futbolçilarning sözlarini keltirgandi Blueprint.ng naşri.












