Ma’lumotlarga köra, Toşkent şahar jinoyat işlari böyiça Mirzo Uluğbek tuman sudida Surxondaryo viloyatida röyxatdan ötgan, töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqaruvçi mas’uliyati çeklangan jamiyat mansabdor şaxslariga nisbatan Özbekiston Jinoyat kodeksining 167- va 184-moddalari bilan qözğatilgan jinoyat işi körib çiqilmoqda.
Uşbu jinoyat işi doirasida Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti va Toşkent şahar Soliq boşqarmasi tomonidan ötkazilgan taftiş natijasida MÇJga nisbatan qöşimça 8,7 mlrd söm soliq hisoblangan.
Joriy yil 15 sentabr kuni sud tomonidan mazkur korxonada qayta taftiş ötkaziş haqida ajrim çiqarilganidan söng, Toşkent şahar Soliq boşqarmasi Soliq auditi bölimi boş inspektori qayta taftiş davomida uşbu qöşimça soliqni bekor qilib berişini ma’lum qilib, evaziga korxona vakillaridan 5 ming AQŞ dollari olgan.
Biroq u dastlabki taftişda hisoblangan 8,7 mlrd sömlik qöşimça soliqni töliq bekor qilişni uddalay olmagan. Şu sababli muqaddam olgan 5 ming dollarni MÇJ vakillariga qaytarib bermoqçi bölgan paytida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi (pora oliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan va “qamoq” ehtiyot çorasi qöllangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.













