Turkiya özga hududga «hasad qilmaydi» va har bir davlatning mustaqilligini hurmat qiladi. Ammo Turkiya xalqi «ma’naviy vatanni» asrab-avaylaş muhimligini unutmasligi kerak, dedi prezident Rajab Toyyib Erdöğan «Adolat va taraqqiyot partiyasi» parlament guruhi yiğilişida.
Erdöğan öz nutqida Turkiya boşqa davlatlarning hududlariga «hasad qilmaganini va hasad qilmasligini» va har bir davlatning mustaqilligini hurmat qilişini ta’kidladi.
«Biroq, ajdodlarimiz misolida körganimizdek, ma’naviy vatandan, insoniylikdan, insoniy qadriyatlardan yuz ögirişdek dabdabalarga yöl qöyib bölmaydi <...> Bu jonajon mamlakat uçun çegaralar ötkaziş mumkin, ammo qalbimiz geografiyasi uçun çegaralar ötkazib bölmaydi, qalbimiz geografiyasini bu jonajon mamlakat xotirasidan öçirib bölmaydi», dedi siyosatçi.
Turkiya qöşni davlatlar bilan bir neçta hududiy va dengiz nizolariga ega. Ularning asosiylari quruqlik çegaralari bilan emas, balki dengiz zonalari, şelf va resurslarni qazib oliş huquqi bilan boğliq.
Şu bilan birga, Turkiya «Moviy Vatan» doktrinasiga köra, Egey, Örtayer va Qora dengizdagi katta dengiz hududlariga bölgan da’volarini kengaytirmoqda. Mintaqadagi dengiz çegaralarini qayta körib çiqişni talab qilmoqda.
Bundan taşqari, Turkiya Suriya bilan Xatay masalasida bahsga ega. Xatay viloyati 1939 yilda Turkiyaga qöşib olingan. Suriya anneksiyani rasman tan olmaydi, ammo amalda mojaro deyarli muzlatilgan.












