Hindistonning Goa şahrida şaxmat böyiça 2025 yilgi Jahon kubogi (FIDE World Cup 2025) davom etmoqda.
Musobaqa çorakfinalida özbekistonlik şaxmatçilar muvaffaqiyatli iştirok etdi. Jumladan, Javohir Sindarov meksikalik Xose Alkantarani 3,5:2,5 hisobida, Nodirbek Yoqubboyev esa germaniyalik Aleksandr Donçenkoni 1,5:0,5 hisobida mağlub etdi.
Endi yarimfinal bahsida Sindarov va Yoqubboyev özaro töqnaşadi, bu esa özbekistonlik şaxmatçilardan birining finalda iştirokini ta’minlaydi. Qayd qiliş joiz, özbek şaxmati tarixida bu birinçi marta yuz bermoqda.
FIDE Jahon kubogi musobaqasi jahon çempionini aniqlamaydi: dastlabki uç örinni egallagan şaxmatçilar jahon şaxmat tojiga da’vogarlarning 2026 yilgi turniriga yöl oladi. Ular orasida kamida bir nafar özbekistonlik şaxmatçi böladi. Bu ham özbek şaxmati tarixida ilk marotaba yuz beradi.
Şaxmat tojiga da’vogarlarning 2026 yilgi turniri 28 martdan 16 aprelga qadar Kiprda ötkaziladi. Unda 8 nafar şaxmatçi iştirok etadi. Hozirça musobaqaga yöllanma olganlar: Fabiano Karuana (AQŞ), Aniş Giri (Niderlandiya), Mattias Blyubaum (Germaniya), Xikaru Nakamura (AQŞ).
Musobaqa ğolibi şaxmat tojining amaldagi egasi – hindistonlik Gukeş Dommarajuga qarşi bahs olib boradi.













