Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov yangi FIDE Excellence Awards mukofotining «Best Chess Player» («Eng yaxşi şaxmatçi») nominatsiyasida birinçi sovrindorga aylandi. Taqdirlaş marosimi Samarqandda 46-Butunjahon şaxmat olimpiadasi doirasida bölib ötdi.
FIDE 2026-yilda Excellence Awards mukofotini taʼsis etgan edi. Mukofot ikki yilda bir marta topşiriladi va olimpiya sikli davomidagi yutuqlarni hisobga oladi. Birinçi mukofot 2024-yil sentabridan 2026-yil avgustigaça bölgan davrni qamrab oldi.
Sindarov töqqiz nafar talabgordan özib ketdi. Undan taşqari hamyurti Nodirbek Abdusattorov, Fabiano Karuana (AQŞ), Magnus Karlsen (Norvegiya), Arjun Erigaysi (Hindiston), Alirizo Firuzjo (Fransiya), Aniş Giri (Niderlandiya), Gukeş Dommaraju (Hindiston), Vinsent Keymer (Germaniya) va Rameşbabu Pragnanandha (Hindiston) ham yakuniy röyxatdan joy oldi.
Laureatni tanlaşda şaxmatçining klassik şaxmat, rapid va blits böyiça natijalari, reyting dinamikasi va ikki yillik davr mobaynidagi yutuqlari inobatga olindi.

Sindarovning asosiy muvaffaqiyatlaridan biri 2025-yilda Hindistonning Goa şahrida bölib ötgan FIDE Jahon kubogidagi ğalabasi böldi. 19 yoşli özbekistonlik şaxmatçi turnir tarixidagi eng yoş ğolibga aylandi va Daʼvogarlar turniriga yöllanmani qölga kiritdi.
2026-yil bahorida Sindarov Kiprdagi Daʼvogarlar turnirida ham ğolib çiqdi va musobaqa tugaşiga bir tur qolganda birinçi örinni naqd qildi. U 14 imkoniyatdan 10 oçko töplagan holda turnirni mağlubiyatsiz yakunladi - bu Daʼvogarlar turnirining zamonaviy formati uçun rekord natijadir. Şundan söng özbekistonlik şaxmatçi jahon reytingida törtinçi öringa kötarildi.
Daʼvogarlar turniridagi ğalaba Sindarovga amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommarajuga qarşi jahon şaxmat toji uçun öyin ötkaziş huquqini berdi. Uşbu bahs 25-noyabrdan 15-dekabrgaça Jeneva (Şveysariya) şahrida ötkaziladi.













