Andriy Bodak / Suspilne Ukraine / JSC «UA:PBC» / Global Images Ukraine / Getty Images

Rossiyalik harbiylar 19 noyabrga ötar keçasi Ukrainaning bir neça regionlari, jumladan, mamlakat ğarbiy hududlariga yopirilma zarba yölladi. Ukraina qurolli kuçlariga köra, hujumda 48 ta raketa va 470 dan ortiq dron qöllangan.

Ukraina energetika vazirligi hujum nişonlaridan biri energetika infratuzilmasi bölganini xabar qildi. Ğarbdagi qator oblastlarda elektr energiyasini avariyaviy öçiriş rejimi joriy etilgan.

Eng jiddiy vayrongarçiliklar Ternopilda kuzatildi, bu şaharda raketalar va dronlar ikkita köp qavatli turar joy binosiga kelib urilgan. Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati xabariga köra, binolardan birining yuqori qavatlari butunlay qulab tuşgan, boşqasida esa katta yonğin yuzaga kelgan.

Favqulodda xizmatlarning sönggi ma’lumotlariga köra, Ternopilda 25 kişi halok bölgan, şundan uç nafari bolalar. Şuningdek, 73 kişi, jumladan, 15 bola yaralangan. Qutqaruvçilar xarobalar ostidan 40 dan ortiq kişini çiqarib olişgan.

Andriy Bodak / Suspilne Ukraine / JSC «UA:PBC» / Global Images Ukraine / Getty Images
Rostyslav Kovalchuk / AP / Scanpix / LETA
Andriy Bodak / Reuters / Scanpix / LETA
Vlad Kravchuk / AP / Scanpix / LETA
Rostyslav Kovalchuk / AP / Scanpix / LETA
Rostyslav Kovalchuk / AP / Scanpix / LETA