Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, Mirabbos Mirzaahmedov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

“Mirabbos Mirzaahmedov özining nuroniy va donişmand qiyofasi, köp yillik bilim va tajribasi bilan markaziy telekanallarimiz orqali 40 yildan buyon namoyiş etib kelinayotgan “Otalar sözi – aqlning közi” körsatuviga yangiça ruh va mazmun olib kirdi hamda uşbu dastur orqali jamiyatimiz hayotidagi ijtimoiy-ma’naviy muammolarga jamoatçilik e’tiborini qaratiş, el-yurtimiz, ayniqsa, yoşlar örtasida oila va Vatanga muhabbat, odob-axloq, mehr-oqibat ğoyalarini tarğib etişga katta hissa qöşdi.

Butun umr doimo izlanib, xalqimizga sidqidildan xizmat qilib kelgan zahmatkaş ijodkor öziga xos mahorat va tajriba maktabini yaratib, köplab yoşlarga ustozlik qildi. Taniqli san’atkor, samimiy va kamtarin inson, yoşlarning mehribon ustozi Mirabbos Mirzaahmedovning xotirasi qalblarimizda hamişa saqlanib qoladi”, deyiladi prezident Şavkat Mirziyoyev, Senat raisi Tanzila Norboyeva, Qonunçilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov, boş vazir Abdulla Aripov, S.Turdiyev bildirgan hamdardlikda.

Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, boşlovçi va rejissyor Mirabbos Mirzaahmedov 19 noyabr kuni 84 yoşida vafot etdi.

U «Bahor qaytmaydi», «Qalbingga quloq sol», «Dunyoning işlari», «Inson sadoqati», «Billur qandillar», «E’tirof» kabi 50 dan ziyod videofilmlarni, «Buni hayot deydilar» turkum körsatuvlarini tasvirga olişda iştirok etgan.

Yarim asrdan ziyod vaqt mobaynida «Otalar sözi – aqlning közi» loyihasi boşlovçi va rejissyori bölib işlagan.

Mirzaahmedov Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi unvoni, «Mehnat şuhrati» va «Döstlik» ordenlari bilan mukofotlangan.