Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Kapitulyatsiyaga teng bölgan — tinçlik rejasi
Ukraina uruşini yakunlaş böyiça reja yuzasidan Vaşington bilan işlaşga tayyorligini bildirdi.
AQŞ tomonidan qöllab-quvvatlangan reja böyiça, Kiyev butun Donbass mintaqasidan voz keçişi hamda harbiy kuçlarini keskin qisqartirişi talab qilinadi. Lekin bu şartlar Ukraina ittifoqçilari tomonidan uzoq yillardan beri taslim bölişga teng deb baholandi.
Reutersʼning yozişiça, rejada «Ukraina armiyasi 600 ming askardan oşmasligi lozim va unga kuçli xavfsizlik kafolatlari beriladi» deyilgan, biroq tafsilotlar keltirilmagan.
Rejada Rossiya foydasiga bir neçta yon berişlar ham bor: jumladan, Qrim, Luhansk va Donetsk AQŞ tomonidan de-fakto Rossiyaniki sifatida tan olinadi. Rossiya Ukraina kuçlari nazoratidagi Donetskning ayrim hududlaridan çiqib ketadi.
Şuningdek, loyiha böyiça NATO bundan buyon kengaymasligi va Ukraina hududiga qöşin joylaştirmasligi qayd etilgan. Rossiya esa global iqtisodiyotga qayta integratsiya qilinadi, sanksiyalarning bekor qilinişi «bosqiçma-bosqiç va har bir holat böyiça alohida kelişiladi».
Prezident Volodimir Zelenskiy AQŞ armiyasi kotibi Daniel Driskoll bilan uçraşuvdan söng rejaning ayrim bandlari borasida birga işlaşini aytdi. «Biz vijdonan, konstruktiv va tezkor işga tayyormiz», dedi Ukraina prezidenti.
Yevropa Ittifoqi taşqi işlar vazirlari esa — Kiyevdan oğir yon berişlarni talab qiladigan şartlarga rozi bölmasliklarini bildirdi.
«Ukrainaliklar suvereniteti hurmat qilinadigan adolatli tinçlik istaydi. Ammo tinçlik — taslim böliş degani emas», dedi Fransiya taşqi işlar vaziri Jan-Noel Barro.
AQŞ davlat kotibi Marko Rubio tinçlik uçun Kiyev ham, Moskva ham yon berişi kerakligini aytdi.
Kreml esa aniq biror narsa aytmadi. «Hozirça heç qanday maslahatlaşuvlar olib borilmayapti. Aloqalar bor, albatta, ammo buning nomini maslahatlaşuv deb bölmaydi», dedi Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov.







