«Özbekiston Respublikasi Turizm qömitasi faoliyatini taşkil etiş va turizm sohasini jadal rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, 2030 yilgaça turizm sohasini rivojlantirişning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi:
- turizm sohasining yalpi içki mahsulotdagi uluşini amaldagi 3,5 foizdan 7 foizgaça yetkaziş;
- çet ellik turistlarning yillik sonini amaldagi 10 milliondan 20 millionga yetkaziş.
Qarorga köra, Turizm qömitasi turizm sohasini tartibga soliş va rivojlantiriş böyiça davlat siyosatini amalga oşiruvçi respublika ijro etuvçi hokimiyat organi hisoblanadi.
2026–2028 yillarda quyidagi loyiha va çora-tadbirlar amalga oşiriladi:
- Samarqand şahridagi eng muhim tarixiy obektlarni boğlovçi 6,6 km uzunlikdagi turistik marşrutni taşkil etiş böyiça «Samarqandning meros yöli» loyihasi;
- Xiva şahridagi Içan-Qal’a majmuasini jahonda yagona bölgan immersiv va «aqlli» muzey-şaharga aylantiriş.












