Ukraina va Amerika Qöşma Ştatlari rasmiylari duşanba, 24 noyabrga ötar keçasi, ikki mamlakat delegatsiyalarining Jyenevadagi «samarali muzokaralari» natijasida Ukrainada tinçlikka erişiş böyiça yangilangan «hadli hujjat» tayyorlanganini bir paytning özida ma’lum qildi.
Mos qöşma bayonot Oq uy va Ukraina prezidenti saytida e’lon qilindi. Unda qayd etilişiça, ikki tomon ham uşbu maslahatlaşuvlarni samarali deb topgan. «Tomonlar har qanday kelgusi kelişuv Ukraina suvereniteti töliq hurmat qilinişiga hamda barqaror va adolatli tinçlik ta’minlanişiga xizmat qilişi şart ekanini tasdiqladi», — deyiladi bayonot matnida. Hujjatning özi hozirça oşkor etilmagan.
Qöşma bayonotga köra, ikki tomon yaqin kunlarda hujjat ustida jadal işni davom ettiriş va Yevropa bilan yaqin hamkorlik qilişga kelişib olgan.
Bundan bir neça soat oldin AQŞ davlat kotibi Marko Rubio Donald Tramp ma’muriyatining qayta işlangan «tinçlik rejasi» yuqori amalga oşiriş salohiyatiga ega ekanini bildirgan edi.
23 noyabr kuni Jyenevada Ukraina delegatsiyasi va uning yevropalik ittifoqçilari vakillari bilan maslahatlaşuvlardan söng u jurnalistlarga muzokaralar endilikda keyingi işlar uçun asos böladigan «asosiy hujjat» yaratilişiga olib kelganini aytdi. Ukraina delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan prezident apparati rahbari Andrey Yermak ham Şveytsariyadagi amerikalik vakillar bilan muzokaralar samarali ötganini ta’kidladi.
«Biz juda oqilona muddat içida, juda yaqin vaqt içida maqsadga erişişimizga optimistik qarayapmiz, — dedi Rubio. — Bizga şunçaki bugungidan köra köproq vaqt kerak, xolos. Men bunga erişişimizga qattiq işonaman».
Amerikalik siyosatçining sözlariga köra, Jyenevadagi muzokaralar iştirokçilari «tinçlik rejasi»ga yana bir qator özgartişlar kiritişdan oldin yana bir neçta masalani hal qilişiga töğri keladi. Xususan, u uruşni tartibga solişda Yevroittifoq va NATOning roli haqida muhokama yuritiş kerak bölişini qöşimça qildi.
Şundan söng hujjatni AQŞ va Ukraina prezidentlari darajasida kelişib oliş talab etiladi, deya ta’kidladi Rubio va şu munosabat bilan Donald Tramp hamda Volodimir Zelenskiy örtasida yangi muloqot bölişini istisno etmadi. Bundan taşqari, kelgusidagi kelişuvlar böyiça Rossiya tomoni ham öz pozitsiyasini bildirişi aytib ötildi. «Afsuski, yoki aniqroği, tabiiyki, bu yerda rossiyaliklarning ham söz huquqi bor, şunday emasmi», — deb qöşimça qildi u. Hukumatlarning qöşma bayonoti matni kelişilgandan söng u darhol Vaşingtonga uçib ketdi.













