Şahar havosi bahorgi yomğirlardan keyin nega yuqori darajada ifloslaniş qayd etgani böyiça Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi Kun.uz’ga izoh berdi.
Vazirlikka köra, sönggi yillarda Toşkent şahridagi atmosfera havosining pastki qatlamida (100-150 metrgaça) harorat inversiyasi (havo haroratining balandlikka qarab ortib borişi) vujudga kelişi kuzatilmoqda. Harorat inversiyasi – havoning vertikal harakatlariga tösqinlik qiladi, natijada mayda zarraçali PM2,5 mayda dispers zarraçalari konsentratsiyasi oşib borişiga sabab böladi.
Kuz-qiş mavsumida issiqlik ta’minoti tizimida yoqilği sifatida kömir va mazutdan foydalaniş natijasida doimiy ravişda uzluksiz mayda zarraçali PM2,5 mayda dispers zarraçalari konsentratsiyasi oşişi holati kuzatilgan edi. Bahor va yoz oylarida esa, asosan havo issiq va quruq bölgan kunlarda, köp holatlarda mintaqaga çöllaniş va qurğoqçilik ta’sirida tabiiy çang kirib kelişi oqibatida ifloslantiruvçi moddalar konsentratsiyasi oşişi kuzatiladi.
Şuningdek, vazirlik mutaxassislari respublikada havoning çang bilan ifloslanişi tabiiy (quruq iqlim, qumli va qumloq tuproqlar) va antropogen (transport, sanoat, quriliş taşlamalari) omillarga köra ifloslaniş bilan boğliq ekanini ma’lum qildi.
“Kuçsiz şamollar, harorat inversiyasi, atmosfera havosining turğunligi kabi sabablar atmosfera havosining tabiiy ifloslanişi uçun şaroit yaratadi. Mamlakatimizning tabiiy xususiyatlari (quruq iqlim, qumli va gilli tuproq) sababli atmosfera havosida muallaq zarraçalar – çang miqdori yuqoridir”, – deyiladi vazirlik xabarida.
Ma’lum qilinişiça, bugungi kunda Ekologiya vazirligi Jahon banki bilan hamkorlikda Toşkent şahrining havo sifatini baholaş böyiça loyiha amalga oşirilmoqda. Loyiha doirasidagi örganişlar hamda dastlabki hisobotga asosan, Toşkent şahrida RM2.5 mayda dispers zarraçalarining şakllanişida tabiiy çang – 36 foiz, issiqlik ta’minoti – 28 foiz, transport vositalari – 16 foiz, sanoat korxonalari – 13 foizni taşkil etişi körsatilgan.
Ma’lumot uçun, 2024 yil 17 may soat 8:15 holatiga köra, Toşkent şahri atmosfera havosidagi PM2,5 mayda dispers zarraçalari miqdori 160 mkg/m³ ni taşkil etgan










