Prezident farmoniga köra, 2026 yil 1 maydan arxiv xizmatlarini körsatişda quyidagi hujjatlarni talab qiliş bekor qilinadi, jumladan:

talabgorlarni arxiv hujjatlarini tartibga keltirişga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan ötkazişda tegişli arxiv muassasasi yoki taşkilot rahbarining tavsiya xati;
mavzuli sörovlar töğrisida ma’lumotnoma berişda söralayotgan hujjatning nusxasi.

Şuningdek, 2026 yil 1 martdan qator arxiv xizmatlarini körsatiş muddatlari qisqartiriladi:

  • arxiv hujjatlari yoki ularning köçirma nusxalarini Özbekistondan taşqariga vaqtinça olib çiqiş uçun ruxsatnoma beriş muddati 15 iş kunidan 5 iş kunigaça;
  • yaroqsiz holatga kelgan yoki yöqotilgan mehnat daftarçasidagi yozuvlarni tasdiqlaş muddati 20 iş kunidan 10 iş kunigaça;
  • oliy va örta-maxsus ta’lim muassasasida öqiganlikni tasdiqlaş haqidagi arxiv ma’lumotnomasini beriş muddati 5 iş kunidan 2 iş kunigaça;
  • arxiv hujjatlari, kitoblar va qölyozmalarni raqamlaştiriş (elektron nusxa oliş) muddati 3 iş kunidan 1 iş kunigaça.

Uşbu özgarişlar arxiv xizmatlarining tezkorligi va qulayligini oşiriş, fuqarolar va taşkilotlar zimmasidagi byurokratik yukni kamaytirişga qaratilgan.