Toşkentda havo ifloslanişiga qarşi keskin çoralar köriş boşlandi.
«Sönggi kunlarda Toşkent şahrida atmosfera havosining ifloslanişi keskin oşgani aholi örtasida jiddiy xavotirlarga sabab bölmoqda.
Mavjud vaziyatni bartaraf etiş maqsadida mas’ul idoralar rahbarlarining topşiriğiga binoan ekologiya sohasidagi mutasaddilar hamda huquqni muhofaza qiliş idoralari tomonidan Toşkent viloyati va Toşkent şahrida keng kölamli reyd tadbirlari yanada kuçaytirildi.
Yarim tunda ham issiqxonalar, turli xil peçlar qöllanadigan inşootlar hamda havoga zararli moddalar çiqarayotgan korxonalar faoliyati böyiça tekşiruvlar ötkazilmoqda», deyiladi ÖzA xabarida.
Reydlar davomida:
- havo sifati monitoringi yölga qöyilyapti;
- havo ifloslanişiga ta’sir körsatayotgan asosiy omillar aniqlanmoqda;
- ekologik me’yorlarni buzgan obektlar faoliyati yuzasidan çora-tadbirlar belgilanmoqda.

Ekologik me’yorlarni buzişda gumon qilingan issiqxonalar, turli peçlar hamda korxonalar faoliyati işçi guruh tomonidan örganilmoqda. Qonunbuzarlik aniqlangan hollarda, ularga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy va boşqa ta’sir çoralari körilişi nazarda tutilgan.


Rasmiy ma’lumotlarga köra, atmosfera havosini yaxşilaş maqsadida Toşkentda keng kölamli ekologik harakat boşlangan bölib, mazkur çora-tadbirlar poytaxtdagi ekologik vaziyatni barqarorlaştirişga qaratilgan.













