“Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi prezident farmoni (PF–233-son, 2025 yil 26 noyabr) qabul qilindi. Unga muvofiq, Enterprise Uzbekistan raqamli texnologiyalar xalqaro markazi taşkil etildi.
Farmonning asosiy maqsadlari sifatida quyidagilar belgilab qöyildi:
- IT sohasiga investitsiyalarni keng jalb qiliş hamda xalqaro darajada raqobatbardoş va jozibador ekotizimni şakllantiriş;
- raqamli yeçimlar va innovatsiyalar böyiça ilğor mahalliy kompaniyalar faoliyatini rağbatlantiriş, şu jumladan malakali kadrlar tayyorlaşni qöllab-quvvatlaş.
Farmonga köra, markaz hududida qator zamonaviy faoliyat turlariga ruxsat etiladi. Quyidagilar şular jumlasidandir:
- dasturiy mahsulotlarni işlab çiqiş, raqamli texnologiyalar sohasida konsalting va autstaffing xizmatlarini körsatiş;
- raqamli texnologiyalardan foydalangan holda autsorsing asosida masofaviy xizmatlar körsatiş, şu jumladan biznes jarayonlar autsorsingi (BPO);
- video öyinlar (GameDev) yaratiş, ular uçun grafik dizayn, video va audio kabi raqamli kontent işlab çiqiş, yaratiş va tahrirlaş;
- sun’iy intellekt texnologiyalarini yaratiş, sinovdan ötkaziş va rivojlantiriş.
Farmonga muvofiq, markaz Angliya va Uels umumiy huquq normalari va prinsiplariga yoki yetakçi xalqaro moliya markazlari standartlariga asoslangan maxsus huquqiy rejimga ega alohida hudud sifatida e’tirof etiladi.
Bunday huquqiy maqom raqamli texnologiyalar sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytiriş, çet el va mahalliy investorlar uçun qulay şart-şaroit yaratiş hamda Özbekistonning mintaqaviy IT-markaz sifatidagi nufuzini oşirişga xizmat qilişi kutilmoqda.








