Vaşington markazida, prezident qarorgohi – Oq uy yonidagi köçada sodir bölgan otişma oqibatida yaralangan ikki Milliy gvardiya xodimining ahvoli oğirligiça qolmoqda. Tramp Floridadagi qarorgohida çiqiş qilib, otişma uyuştirgan afğonistonlik, albatta, jazolanişini aytdi. Pentagon rahbari esa Vaşingtonga yana 500 nafar gvardiyaçilar taşlanişini e’lon qildi.
Politsiya ma’lumotlariga köra, çorşanba, 26 noyabr kuni tuşdan keyin Afğonistondan kelgan muhojir milliy gvardiyaning ikki a’zosiga qarata öt oçgan va öq ovozini eşitgan boşqa milliy gvardiya xodimlari u odamni qölga olib, qurolsizlantirgan. Otişma sodir bölgan paytda Floridada bölib, çorşanba keçqurun bayonot bilan çiqqan prezident Trampga köra, gumonlanuvçi 2021 yilning sentabrida mamlakatga noqonuniy kirgan Afğoniston fuqarosi bölib çiqmoqda. Tramp uning administratsiyasi bunday yovuzlik, nafrat va terror akti uçun eng katta narx, ya’ni eng oğir jazoni berişini va’da qildi.
Içki xavfsizlik departamenti matbuotga bergan bayonotida gumonlanuvçi “Afğonistondan kelgan jinoiy musofir” Rahmonulla Lakamal ekanini tasdiqladi. Uning immigratsiya maqomi noaniq edi. 2021 yilda sobiq prezident Jo Bayden davrida AQŞ bu mamlakatdan tartibsiz ravişda çiqib ketganidan keyin ön minglab afğonlar maxsus immigratsiya himoyasi ostida AQŞga kirişdi, deydi Oq uy rasmiylari.
“Endi biz Bayden davrida Afğonistondan mamlakatimizga kirib kelgan har bir musofirni qayta körib çiqişimiz kerak”, deya qöşimça qildi Tramp çorşanba kuni keçqurungi çiqişida.
AQŞ Fuqarolik va immigratsiya xizmati tekşiruv protokollari körib çiqilgunga qadar barça afğon immigratsiya sörovlarini körib çiqişni töxtatganini aytdi.
BBC’ning yozişiça, otilgan askarlar odatda gavjum böladigan köçada edi va tergovga rahbarlik qilayotgan FQB direktori ta’biri bilan aytganda gvardiyaçilar “dahşatli zöravonlik harakatida şafqatsizlarça hujumga uçradi”.
Metropoliten politsiyasi ma’lumotiga köra, gumonlanuvçi “burçakdan kelgan” va “darhol öqotar quroldan öq uzgan”. Askarlar esa “pistirmaga” tuşganday bölib, buni sezmay qolişgan.











