Prezident Şavkat Mirziyoyev 27 noyabr kuni amaliy taşrif bilan Özbekistonda bölib turgan Yevropa Ittifoqining Xalqaro şerikliklar böyiça komissari Yozef Sikela hamda Kengayiş masalalari böyiça komissari Marta Kos boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni joriy yil oktabr oyida Bryusselga oliy darajadagi taşrif davomida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş orqali rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.

Özbekiston – Yevropa munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani, ikki va köp tomonlama hamkorlikning yangi keng qamrovli kun tartibi şakllangani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Bu yil Yevropa Ittifoqi bilan Kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik töğrisidagi bitim (KŞHB) imzolandi, Samarqand va Bryusselda sammitlar bölib ötdi, Özbekistonning JSTga a’zo bölişi yuzasidan Yevropa Ittifoqi bilan muzokaralar yakunlandi.

Yil boşidan buyon tovar ayirboşlaş qariyb 7 foizga ösdi. KŞHBning amaliyotga joriy etilişi savdo hajmi va investitsiyalar oqimining sezilarli darajada oşişiga xizmat qilişi ta’kidlandi.

Savdoni kengaytiriş va diversifikatsiya qiliş uçun hamkorlikning institutsional mexanizmlarini yanada takomillaştiriş, sanoat kooperatsiyasi, transport, raqamlaştiriş, muhim minerallar, energetika, soğliqni saqlaş va boşqa ustuvor sohalarda hamda yangi qöşma investitsiya loyihalarini işlab çiqiş zarurligi ta’kidlandi.

Xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi.