Toşkentda havo sifati yomonlaşgani haqidagi xavotirlar kuçaygan bir vaqtda qayta tiklanuvçi energiya böyiça amalga oşirilayotgan taşabbuslarning ahamiyati yanada ortmoqda. Arif Solar tomonidan ötkazilgan yillik hisobot tadbirida Jinko Solar’ning yangi avlod panellari va Sungrow invertorlari taqdim etilib, yaşil energetikaning ekologiyani yaxşilaşda qanday real natijalar berayotgani ta’kidlandi.

Toşkent ekologiyasidagi vaziyat va yaşil energiyaning ahamiyati

Bugun Toşkent havosi haqida gapirmagan odamning özi qolmadi. Havo sifati yomonlaşgani — bu şunçaki raqamlar emas, balki odamlarning soğliği, kayfiyati va kundalik hayotiga bevosita ta’sir qilayotgan omil.

Şu bois keça davlat rahbari “Toşkent şahrida ekologik vaziyatni yaxşilaş böyiça keçiktirib bölmaydigan çora-tadbirlar töğrisida”gi farmonni imzoladi. Unda transport harakatini tartibga soliş, sanoat va qurilişdagi ekologik nazoratni kuçaytiriş, kökalamzorlaştiriş va havo monitoringini takomillaştiriş kabi qator vazifalar belgilandi.

Dunyo tajribasi şuni körsatadiki, şaharlar ekologik barqarorlikka erişişida alternativ energiya uluşini oşiriş, energiya samaradorligini kuçaytiriş va çiqindisiz texnologiyalarni joriy etiş kabi yondaşuvlar eng samarali yeçim bölgan.

Arif solar: Özbekistonda barqaror energiya yeçimlarining yetakçisi

Özbekistonning eng yirik quyoş paneli yetkazib beruvçi kompaniyasi rahbarining aytişiça, ular şu yilning özida 100 megavatt quvvatga teng quyoş panellarini yetkazib berişga erişgan. Uning ta’kidlaşiça, bunday hajmdagi panellar yiliga 100 ming tonnagaça karbon dioksid (CO₂) çiqişini kamaytirişga xizmat qiladi.

Arif Solar — qisqa vaqt içida yurtimizdagi eng yirik quyoş panellari va invertor yetkazib beruvçilardan biriga aylangan kompaniyalardan biridir. Kompaniya sanoat korxonalari, quriliş taşkilotlari, davlat idoralari va xalqaro hamkorlar bilan faol işlaydi.

Yillik hisobot tadbiri: yangi avlod texnologiyalari

Noyabr oyida Hilton mehmonxonasida Arif Solar kompaniyasining yillik hisobot tadbiri bölib ötdi. Tadbir davomida kompaniyaning rasmiy hamkori — dunyodagi yetakçi işlab çiqaruvçilardan biri Jinko Solar’ning yangi avlod quyoş paneli taqdim etildi.