AQŞ Savdo vazirligi 21 aprel kuni Kambodja, Vetnam, Malayziya va Tailandda işlab çiqarilgan quyoş panellari importiga oşirilgan boj stavkalari joriy etilişini e’lon qildi, deb xabar bermoqda Bloomberg.
Bojlarning joriy etilişi yuqoridagi tört mamlakatda zavodlariga ega yirik Xitoy quyoş panellari işlab çiqaruvçilariga nisbatan olib borilgan savdo mojarosining kulminatsiyasiga aylandi.
AQŞning 46-prezidenti Jo Bayden taşabbusi bilan boşlangan tergov bir yil davom etdi. Bunga quyoş panellarini işlab çiqaruvçi Janubiy Koreyaning Hanwha Qcells va AQŞning First Solar Inc. kompaniyalari Xitoy quyoş panellari işlab çiqaruvçilarini davlat subsidiyalaridan nohaq foydalanayotganlikda hamda mahsulotlarini AQŞga demping (ya’ni bozordan arzon) narxlarda sotayotganlikda ayblagani sabab bölgandi.
Joriy etilgan tariflar muayyan mamlakat va kompaniyaga qarab katta farq qiladi. Maksimal miqdordagi 3521 foizli bojlar Kambodja tovarlariga belgilandi — uşbu mamlakat tergovda iştirok etişdan boş tortgan. Vetnamdagi nomi oşkor etilmagan ikkita kompaniyaga 395,9 foiz, Tailand kompaniyasiga — 375,2 foiz, Malayziya kompaniyasiga esa 34,4 foiz miqdorida bojlar belgilandi.
Şu bilan birga, Xitoyning Jinko Solar kompaniyasiga Vetnamdan eksportni amalga oşirişi uçun 245 foiz va Malayziyadan eksporti uçun 40 foiz miqdorida boj joriy etildi. Xitoyning yana bir işlab çiqaruvçisi — Trina Solar’ga nisbatan Tailanddan eksportni amalga oşirişiga 375 foiz, Vetnamdan eksport uçun esa 200 foizga yaqin boj belgilandi.
Bloomberğning qayd etişiça, Xitoyning quyoş panellari işlab çiqaruvçi kompaniyalari aksiyalari qiymati 22 aprel kungi savdolarda biroz pastlagan xolos, çunki AQŞ şu kabi qaror çiqarişi kutilayotgan edi. Kompaniyalar esa işlab çiqarişning bir qismini bojlar joriy etilmagan Indoneziya va Laosga köçirgan.
Ma’lumotlarga köra, 2024 yilda AQŞ Malayziya, Kambodja, Tailand va Vetnamdan 12,9 milliard dollarlik quyoş panellarini import qilgan. Bu jami quyoş panellari importining taxminan 77 foizi demak.












