Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati, Guliston şahridagi bozorlardan birida gazballoni portlagani haqidagi lavhalar tarqaldi. Unda savdo rastalari orasida tutun tarqalgani, ba’zi rastalar vayron bölgani, odamlar kiyim-boşini yeçib taşlagani körinadi.
Sirdaryo viloyati FVB xabariga köra, hodisa şaharning Taraqqiyot mahallasida sodir bölgan.
«2 dekabr kuni soat 10:49 da ovqatlaniş şoxobçasining oşxonasida yonğin sodir bölgani töğrisida xabar keldi. Yonğin töliq bartaraf etildi. Hodisa böyiça qöşimça ma’lumot beriladi», deyiladi xabarda.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmadi.












