Qozoğiston Respublikasining vakolatli idoralari ma’lumotiga köra, şu yil 30 noyabr kuni soat 21:00 da «Moskva – Toşkent» yönalişi böylab harakatlanib kelayotgan VanHool avtobusi Aqtöbe viloyatida yöl-transport hodisasiga uçragan. Bu haqda Özbekistonning Aqtöbe viloyatidagi konsulxonasi xabar berdi.

Hodisa vaqtida avtobusda Özbekistonning 54 nafar fuqarosi bölgan. YTH oqibatida jabrlanganlar yöqligi ta’kidlanmoqda.

Ta’kidlanişiça, barça yölovçilar favqulodda vaziyatlar xizmati va politsiya xodimlari tomonidan Aqtöbe viloyati Aytekebi tumani, Qorabutoq qişloğidagi masjidga vaqtinça joylaştirilgan. Ularga oziq-ovqat va zarur yordam körsatilmoqda.

Xabarga köra, fuqarolarni Özbekistonga boşqa avtobus orqali tezkor ravişda qaytariş çoralari körilmoqda. Vaziyat Özbekistonning Qozoğistondagi elçixonasi va Boş konsulligi tomonidan nazoratga olingan va Qozoğistonning mas’ul idoralari bilan aloqa örnatilgan.