Rossiya ğarb bilan harbiy töqnaşuvga tayyorlanmoqda, bu esa Yevropaning erkinligi va xavfsizligiga tahdid solmoqda, şu şaroitda yevropaliklar Moskvaga aniq signal yuborişi kerak, deb hisoblaydi GFR kansleri Fridrix Mers. Unga köra, bunday signal Yevropada muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalaniş töğrisida qaror qabul qiliş böladi. Bu haqda u çorşanba kuni, 3 dekabrda, Frankfurter Allgemeine Zeitung gazetasida çop etilgan maqolasida yozdi.

Mers Yevrokomissiyaning Rossiya mablağlarini keyin ham uşlab turiş töğrisidagi taklifini qöllab-quvvatladi va uning xalqaro huquq hamda YeIning xalqaro majburiyatlariga töla mos kelişini ta’kidladi.

«Biz, yevropaliklar, birgalikda şunday qaror qildikki, Rossiya Markaziy banki aktivlari Rossiya Ukrainaga uruş orqali yetkazgan zararni qoplamagunça muzlatilgan holatda qoladi. Aynan şunday yöl tutiş niyatimiz bor. Biz aktivlarni musodara qilmaymiz», — deb tuşuntirdi Germaniya hukumati rahbari.

Şu bilan birga, Mers yana bir bor ta’kidlaşiça, YeIga a’zo barça davlatlar bunday qaror bilan boğliq moliyaviy xavf-xatarlarni öz iqtisodiy salohiyatiga mutanosib ravişda birgalikda kötarişi kerak. Bu majburiyatlar huquqiy jihatdan majburlovçi tarzda mustahkamlanişi lozim.

«Men Belgiya hukumatini töliq tuşunaman, çunki muzlatilgan aktivlarning katta qismi aynan şu yerda joylaşgan, va u faqat siyosiy va’dalargagina suyana olmaydi. Bu xavotirlar kelgusi maslahatlaşuvlarda aniq huquqiy hujjatlar muhokamasi doirasida inobatga olinişi kerak. Bu muhokamalar darhol boşlanişi va eng qisqa muddatlarda yakunlanişi lozim», — deb hisoblaydi Mers.

Uning sözlariga köra, yakuniy qaror qabul qilinişi uçun YeI davlatlari tomonidan «Yevropa suverenitetiga yöl oçişga tayyorlik» haqidagi siyosiy signal zarur.

«Biz agressorning moliyaviy resurslari taqdiri ustidan qaror qabul qilişni boşqalarga — Yevropadan bölmagan davlatlarga qoldira olmaymiz, bu resurslar bizning huquqiy tizimimiz va bizning valuta makonimiz doirasida va qonuniy ravişda muzlatilgan. Biz hozir qabul qiladigan qaror Yevropaning kelajagini belgilab beradi», — dedi Germaniya kansleri.

Uning fikriça, bunday qaror Moskvaga Ukrainaga qarşi uruşni davom ettiriş befoyda ekani haqida «aniq signal» bölar edi.

«Bu — uruşni davom ettirişga emas, balki uni tugatişga berilgan signaldir. Biz Yevropa mustaqilligi haqida, ya’ni biz, yevropaliklar, öz qit’amizda nima röy berayotganini özimiz belgilaşimiz va hal qilişimiz haqida signal yuborgan bölamiz», — deb qöşimça qildi Mers.