Guliston dehqon bozoridagi ovqatlaniş şoxobçasida portlaş bölib, yirik yonğin yuzaga keldi. Odamlar jarohatlangan, qurbonlar ham bor. “Portladi, yer larzaga keldi. Tepadan qora tutun çiqişni boşladi”, deydi Kun.uz bilan suhbatda bölgan bozor işçilaridan biri. Hodisa sabab salkam 30 kişi turli darajadagi kuyiş bilan şifoxonaga yetkazilgan. Ularning 3 nafari vafot etgan.
2 dekabr kuni Sirdaryo viloyati Guliston şahrida joylaşgan dehqon bozoridagi ovqatlaniş şoxobçasida gaz balloni portlaşi ortidan yirik yonğin yuzaga keldi. Tarmoqlarda hodisa va undan keyingi holat aks etgan videolar tarqaldi. Odamlar kuyib, jarohatlangan, hatto vafot etganlar borligi aytildi. Kun.uz vaziyatni örganiş uçun Gulistonda bölib, reportaj tayyorladi.
“Uz Bek Family” korxonasiga qaraşli bu şoxobça mahalliy aholi orasida “Bek” çoyxonasi nomi bilan tanilgan bölib, u dehqon bozorining içkariroq qismida joylaşgan. Çoyxona töliq yonib ketgan, joyda oyna siniqlari, erib ketgan konditsionerni, bino içida esa kuyganidan qorayib ketgan idiş-tovoq, qozonlar va oziq-ovqat mahsulotlarini köriş mumkin.




Tahririyat muxbiri bilan suhbatda bölgan bozor işçilarining aytişiça, portlaş bölgan kunda qattiq gumburlaş yuzaga kelgan, yer bir silkingan. Odamlar zilzila bölyapti deb öylagan. Keyin yonğin va qiy-çuv boşlangan. Ayrim odamlarning ust-boşi töliq kuyib, yalanğoç bölib qolgani, boşqalar turli mato va kiyimlar bilan ularni örab, yonğindan uzoqroqqa olib ketişga yordam qilgani aytildi.
Bozorning aynan şoxobça joylaşgan rastasidagi yöl yopilgan, uning atrofidagi boşqa sotuvçilarga javob berilgan. Vaqtinça işlamay turişi ma’lum qilingan. Hozirda hududda huquq-tartibot xodimlari bölib turişibdi.
Ta’kidlanişiça, baxtsiz hodisa ortidan çuqur jarohatlanganlar va hatto vafot etganlar ham bor. Kun.uz voqea tafsilotlarini örganiş uçun 2 nafar qurbonning janozasida ham böldi. Ulardan biri 32 yoşli oşpaz ayol va 38 yoşli “tabakaçi” erkak bölgan. Har ikki xodimning oilasi va farzandlari bor.














