FVV xabariga köra, 6 dekabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 19:18 da episentri Pop tumanida bölgan zilzila qayd etilgan.
Zilzila kuçi Pop tumanida 2-3 ball (15 km), Danğara tumanida 2 ballga (27 km) teng böldi.
Silkiniş magnitudasi – 3,4. Çuqurligi – 11 km.
Episentr Toşkentdan 133 km janubi-şarqda joylaşgan. Koordinatalari: 40,88 N, 70,72 E
Birinçi zilzila
Qayd etiş kerak, 6 dekabrga ötar keçasi soat 2:04 da ham öçoği Namangan viloyati Pop tumanida joylaşgan zilzila röy bergan edi. Uning episentrdagi seziliş kuçi: 5 ball, magnituda 4,5, çuqurlik 17 km bölgan. Episentrdan Toşkent şahrigaça masofa 135 kilometrni taşkil etgan.
Tundagi silkiniş, ikkinçisidan farqli ravişda, vodiydan taşqariga ham yoyilgan edi: Namanganda 3 ball, Farğonada 2-3 ball, Andijonda 2 ball, Toşkent va Sirdaryoda esa 2 ballik yer qimirlaşi qayd etilgandi.












