Ukraina çorşanba kuni, 10 dekabrda, Rossiya boşlab bergan uruşni töxtatişga qaratilgan tinçlik rejasining sönggi loyihasi böyiça AQŞ ma’muriyatiga batafsil javob yubordi. Bu haqda Axios naşriga Ukraina va AQŞ rasmiylari ma’lumot bergan. "RBK-Ukraina" agentligi esa uşbu ma’lumotni xabardor manba orqali tasdiqlagan.

Axios’ning ma’lum qilişiça, Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Rustem Umerov, AQŞ bilan muzokaralarda Ukraina delegatsiyasiga rahbarlik qilar ekan, rasmiy javobni — undagi izohlar va taklif etilgan tahrirlar bilan birga — AQŞ prezidenti Donald Trampning kuyovi va maslahatçisi Jared Kuşnerga yuborgan.

Bir neça kun davomida asosan Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya kabi Yevropadagi ittifoqçilari bilan maslahatlaşuvlar ötkazganidan söng, ukrainalik muzokaraçilar hududlar töğrisidagi masalalar va Rossiya qöşinlari tomonidan egallab olingan Zaporijjya AES maqomi yuzasidan muammolarni hal qiliş böyiça yangi ğoyalarni bayon etgan.

Volodimir Zelenskiy özining har kungi videomurojaatida ma’lum qilişiça, 20 banddan iborat tinçlik rejasi asosida AQŞ bilan özaro munosabatlarga oid yana ikki hujjat ustida iş olib borilmoqda: biri — AQŞ tomonidan xavfsizlik kafolatlari haqida, ikkinçisi esa Ukraina tiklanişi va qöşma investitsiyalar haqida. Ukraina prezidentining sözlariga köra, 10 dekabr kuni "Ukrainani tiklaş va iqtisodiy yuksalişi böyiça hujjat ustida işlaydigan guruhning birinçi amaliy uçraşuvi bölib ötdi".

Amerika tomonidan uşbu uçraşuvda Jared Kuşner, AQŞ moliya vaziri Skott Bessent hamda dunyodagi eng yirik investitsiya kompaniyalaridan biri — BlackRock rahbari Larri Fink iştirok etdi.

Axios’ning yozişiça, 11 dekabr kuni AQŞ va Ukrainadan yuqori martabali harbiy amaldorlar AQŞning tinçlik rejasi muhokamasini davom ettiriş maqsadida virtual yiğiliş ötkazişi kutilmoqda.