AQŞ Içki xavfsizlik vazirligining ma’lum qilişiça, Donald Tramp hokimiyat tepasiga kelganidan buyon mamlakatni 2,5 million noqonuniy migrant tark etgan.

«600 ming noqonuniy migrant 365 kundan kamroq vaqt içida mamlakat hududidan deportatsiya qilindi. Öz-özini deportatsiya qilişdan foydalangan 1,9 million kişi bilan birgalikda [AQŞni tark etgan] noqonuniy migrantlarning umumiy soni 2,5 milliondan oşdi», deyiladi vazirlik xabarida.

Bunda eng xavfli huquqbuzarlar - oğir jinoyat sodir etgan şaxslarni mamlakatdan çiqarib yuborişga ustuvor ahamiyat qaratilayotgani ta’kidlangan.

«Noqonuniy migrantlar bizning ketiş çaqiriğimizni eşitmoqda. Agar ular buni ixtiyoriy ravişda qilmasa, biz ularni topamiz, hibsga olamiz va ularning AQŞga qaytiş imkoniyati butunlay yopiladi», deyiladi vazirlik xabarda.

Hisobotda, şuningdek, migrantlarga uyga bepul qaytiş va 1 ming dollar miqdorida bir martalik yordam oliş imkoniyatini beruvçi maxsus ilovadan foydalanişga çaqiriq bor.

Avvalroq, özidan oldingi prezident Jo Bayden ma’muriyatini «oçiq çegara» va jinoyatçilar oqimi uçun tanqid qilgan AQŞ prezidenti Donald Tramp endi AQŞ tarixidagi eng yirik deportatsiya operatsiyasini ötkazişga va’da bermoqda.