Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva «Insoniy birodarlik» mukofoti hay’ati yiğilişida Rim papasi bilan uçraşdi.
«Keça Şayx Zayd nomidagi «Insoniy birodarlik» mukofoti hay’ati yiğilişi doirasida Rim papasi Leo XIV bilan uçraşuv bölib ötdi. Mukofotning madaniyatlararo va dinlararo anglaşuvni kengaytirişga qaratilgan faoliyatining asosiy yönalişlarini muhokama qildik. Özbekistonda turli konfessiyalar vakillari, jumladan katoliklar, totuvlik va bağrikenglik muhitida yaşayotgani ta’kidlandi. Mukofot bu qadriyatlarni xalqaro miqyosda mustahkamlaşga intilmoqda. Butun dunyoda işonçni mustahkamlaş va insonparvarlik tamoyillarini ilgari surişga qaratilgan loyihalar ustida hamkorlikda işlaşga tayyorlik bildirildi», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Şayx Zayd nomidagi «Insoniy birodarlik» xalqaro mukofoti 2019 yilda BAA asosçisi Şayx Zayd bin Sulton Ol Nahayon şarafiga ta’sis etilgan. Mukofot har yili 4 fevral - Xalqaro inson birodarligi kunida topşiriladi. Laureatlarga 1 mln AQŞ dollari miqdorida pul mukofoti beriladi.
Uşbu mukofot bilan insonlar örtasidagi birodarlikni mustahkamlaş, bağrikenglik, tinçlik, insonparvarlik va madaniyatlararo muloqotni tarğib qilişda alohida xizmat körsatgan şaxslar va taşkilotlar taqdirlanadi.















