Donald Tramp ta’biri bilan aytganda, grin-kartadan farq qilmaydigan «Trump Gold Card»ga murojaat qilişning özi – 15 ming dollar. Tekşiruvdan ötganlar 1 million dollar tölab, AQŞda qonuniy maqom, keyinçalik fuqarolik olişi mumkin. Kartaning korporativ versiyasi esa ikki baravar qimmat.
10 dekabr kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp uzoq vaqtdan beri va’da qilib kelgan «Trump Gold Card» – «Oltin karta» viza dasturini rasman işga tuşirdi. Uşbu karta 1 million dollar tölagan şaxslarga va har bir çet ellik xodim uçun 2 million dollar tölagan korporatsiyalarga AQŞda qonuniy maqom, keyinçalik fuqarolik oliş yölini taklif qiladi.
Donald Trampning fikriça, uşbu yangi viza – AQŞga eng yaxşi iste’dodlarni jalb qiliş, şu bilan birga federal ğaznaga daromad keltiradi. U bir neça oydan beri oltin karta dasturini tarğib qilib kelmoqda. Hatto bir paytlar har bir karta 5 million dollarga tuşişini aytgan edi. Keyinroq bu narxlarni 1 million dollarga tuşirdi.

The Associated Press’ning AQŞ rasmiylariga tayanib yozişiça, dastur doirasida tuşadigan barça mablağlar «AQŞ hukumatiga boradi» va Moliya vazirligi boşqaradigan hisobga milliardlab dollar oqib kelişi kutilmoqda. Trampning aytişiça, yangi dastur aslida yaşil karta (green card) bölib, amalda doimiy yaşaş huquqini va keyinçalik fuqarolik oliş imkonini beradi.
«Bu, asosan, Green card, lekin ança yaxşiroq. Ança kuçliroq va qudratliroq yöl», dedi Tramp Oq uyda jurnalistlarga.
Yana 15 ming dollarlik tölov
Ayni vaqtda kartaga ariza beriş uçun AQŞ hukumati Trumpcard.gov maxsus saytini işga tuşirdi. Saytga kartaning tasvirini ham joylaştirdi — unda prezident Trampning portreti, orqa fonda AQŞ bayroği va «Trump Gold Card» yozuvi ostida uning imzosi aks etgan.
Saytga köra, karta uçun murojaat qilişga arizaçilar qaytarilmaydigan 15 ming dollarlik qayta işlaş (processing) tölovini tölaşi kerak.














