Pensiya jamğarmasiga köra, 2025 yil 1 dekabr holatiga, nafaqa olayotgan 100 yoş va undan oşgan fuqarolar soni 461 nafarni taşkil etmoqda.
Ulardan 131 nafari (28,5%) — erkaklar, 330 nafari (71,5%) — ayollardir.
Hududlar kesimida 100 yoşdan oşgan eng köp pensionerlar soni Qaşqadaryo (73 nafar), Surxondaryo (69 nafar), Toşkent va Farğona viloyatlari (41 nafardan), eng kam pensionerlar esa Qoraqalpoğiston Respublikasi (17 nafar), Sirdaryo (13 nafar) va Navoiy (11 nafar) viloyatlariga töğri keladi.













