Berlinda 15 dekabr, duşanba kuni bölib ötgan muzokaralarda AQŞ Rossiya bilan tinçlik kelişuvi tuziş şarti sifatida Ukraina Rossiyaga butun Donbass hududini topşirişi kerakligi haqidagi talabni yana ilgari surgan. Bu haqda AFP agentligi Germaniya poytaxtidagi maslahatlaşuvlar jarayonidan xabardor manbaga tayanib xabar qildi. Uning aytişiça, RF prezidenti Vladimir Putin “hududni olişni istaydi”, Vaşington esa Kiyevdan ortga çekinişni talab qilmoqda. Biroq Ukraina öz nazoratida qolib kelayotgan Donetsk va Luxansk viloyatlarining hududlaridan qöşinlarni olib çiqişdan boş tortmoqda. “Amerikaliklar bu masalada Rossiya pozitsiyasini egallayotgani biroz hayratli”, — dedi AFP suhbatdoşi.
AQŞdagi Uruşni örganiş instituti (ISW) ma’lumotiga köra, hozir Rossiya deyarli butun Luxansk viloyatini va Donetsk viloyatining taxminan 80 foizini nazorat qiladi. RF prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov 12 dekabr kuni butun Donbass “erta yoki keç” Rossiya nazoratida bölişini — “agar muzokara yöli bilan bölmasa, harbiy yöl bilan” degan edi. Putin esa dekabr boşida Hindistonning India Today telekanaliga bergan intervyusida özini “Donetsk xalq respublikasi” va “Luxansk xalq respublikasi” (“DXR” va “LXR”) deb e’lon qilgan tuzilmalar “har qanday holda ozod qilinadi”, deya tahdid qilgan. “Hammasi şunga kelib taqalyapti: yo biz qurolli yöl bilan bu hududlarni ozod qilamiz, yoki ukrain qöşinlari bu hududlarni tark etadi va u yerda urişişni töxtatadi”, — deya Kreml rahbari ultimativ tarzda bayonot bergan.
Öz navbatida Volodimir Zelenskiy Ukraina prezidenti sifatida mamlakat hududlarini “tasarruf qiliş” vakolatiga ega emasligini, bu masala referendumda hal qilinişi kerakligini ta’kidlagan. Kiyev xalqaro sotsiologiya instituti joriy yil sentabr oxiri — oktyabr boşida ötkazgan sörov natijasiga köra, ukrainlarning 71 foizi Donbasni topşirişga qarşi.
Berlinda 15 dekabr kuni Ukraina va AQŞ delegatsiyalari örtasida Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini töxtatiş rejasi böyiça ikkinçi raund muzokaralar yakunlandi. U Zelenskiy hamda AQŞ prezidentining maxsus vakillari — Stiven Uitkoff va Jared Kuşner iştirokida ötdi.
Keçqurun Ukraina prezidentini Germaniya kansleri Fridrix Mers qabul qildi. Uçraşuv yakunlari böyiça Berlinda ötkazilgan matbuot anjumanida Zelenskiy Kiyev va Vaşingtonning hududlar masalasida hali “turliça pozitsiya”da ekanini bildirdi. Uning sözlariga köra, Amerika tomoni öz talablarini qöyişdan köra, köproq Rossiya talablarini yetkazib bermoqda.
Keyinroq Zelenskiyning bir qator Yevropa yetakçilari, jumladan Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan muzokaralari rejalaştirilgandi.












