Ukrainada saylov masalasi yana muhokama markazida. AQŞ bu mavzuni Kiyevga, xususan prezident Zelenskiyga bosim sifatida işlatyapti. Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida qatnaşgan siyosiy tahlilçilarga köra, hozirda uruşning yakuniy pallasi keçayotgan bölişi mumkin.
— Ukrainada qaçon prezidentlik saylovi ötkazilişi mumkin?
Şerzod Ziyoyev: Bugungi bosqiçda Ukraina mojarosi asta-sekin yakuniy pallaga yaqinlaşmoqda. Xalqaro hamjamiyat Ukrainada tinçlik jarayonini boşlaş va uruşni tugatişga qaratilgan aniq qadamlar taşlanişidan umid qilmoqda. Şu nuqtai nazardan, saylovlar masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Saylovlar ötkazilişi Ukraina davlatining legitimligi, suvereniteti va siyosiy barqarorligini mustahkamlovçi omil sifatida körilmoqda.
Valeriy Zalujniy masalasi ham bejiz kun tartibiga çiqmayapti. U sobiq boş qömondon, Ukraina armiyasining yetakçi figurasi bölgan va hozirda Buyuk Britaniyada elçi sifatida faoliyat yuritmoqda. Mening fikrimça, Yevropa doiralari kelajakda Zalujniy nomzodini ilgari surişi ehtimoldan xoli emas. Çunki vaqt ötişi bilan Volodimir Zelenskiyning reytingi pasayişi mumkin. Zelenskiy muayyan tarixiy vazifani bajardi, biroq agar unga doir korrupsion holatlar tasdiqlansa, bu uning siyosiy obröyiga jiddiy zarba böladi.
Zalujniy esa kuçli nomzod sifatida körilmoqda. Unda real harbiy tajriba bor, u askarlar orasida katta qöllovga ega. Uruşning asosiy yukini kötarayotgan harbiylar jamiyatda muhim siyosiy vaznga ega bölib bormoqda. Tinçlikdan keyingi mudofaa modeli, saylovlar va xavfsizlik masalalarida aynan harbiylar fikri ustun bölişi ehtimoli yuqori. Şu bois Zalujniy nomzodi jiddiy siyosiy omilga aylanişi mumkin.
Kamoliddin Rabbimov: Avvalo AQŞ tomoni, xususan Donald Tramp saylovlar masalasini Volodimir Zelenskiyga bosim ötkaziş vositasi sifatida kötarayotgani kuzatilmoqda. Ukraina qonunçiligi va xalqaro amaliyotga köra, saylov ötkaziş uçun nisbatan barqaror ijtimoiy-siyosiy muhit zarur. Amaldagi uruş şaroitida saylov ötkaziş deyarli imkonsiz. Ukraina tomoni ham saylovlar uçun kamida otaşkesim bölişi şartligini ta’kidlamoqda. Çunki saylov bir kunlik jarayon bölsa-da, unga tayyorlaniş va ötkaziş bir neça oy vaqt talab etadi.
Haqiqatan ham, Zalujniyning Ukraina jamiyatidagi nufuzi yuqori. U Rossiyaga murosasiz qarşi turgan, real jangovar tajribaga ega va tarixiy ahamiyat kasb etgan qömondonlardan biriga aylangan. Zalujniy va Zelenskiy örtasida konseptual va siyosiy yondaşuvlarda farqlar mavjud. Zalujniy Rossiyaga nisbatan yanada qat’iy pozitsiyani egallagan şaxs sifatida qabul qilinadi. Ijtimoiy sörovlar şuni körsatadiki, agar Zalujniy nomzod sifatida maydonga çiqsa, aholining katta qismi uni qöllab-quvvatlaşga tayyor. Bu esa Ukraina jamiyatining murosadan köra qarşilik va mustaqillik uçun kuraşni afzal körayotganini anglatadi.
Uçinçi jihat şundan iboratki, Zalujniyning nomzodligi hozirça faqat taxmin va spekulyatsiya darajasida muhokama qilinmoqda. Saylov jarayoni rasman boşlangani yöq, kampaniya e’lon qilinmagan va Zalujniyning özi ham prezidentlikka nomzodini qöyişini oçiq bayon qilmagan. Şu bilan birga, demokratiya şaroitida Zelenskiyning yana nomzod sifatida iştirok etiş imkoniyati saqlanib qolmoqda. U hozir birinçi muddatini ötayotgan prezident hisoblanadi va agar saylovlar ötkazilsa, ikkinçi muddatini oliş ehtimoli mavjud.
Ukraina prezidentlik-parlament boşqaruv tizimiga ega. Prezident hukumatni şakllantiradi, biroq parlament asosiy qarorlarni tasdiqlovçi muhim institut hisoblanadi. 2019 yilgi saylovlarda birinçi marta parlamentda prezident tarafdorlari eng yirik fraksiyaga aylandi. Hozirgi parlamentda ham Zelenskiy partiyasi köpçilikni saqlab qolmoqda va prezident taşabbuslarini ötkaziş imkoniyatiga ega. Şu sababli Zelenskiyni siyosiy maydondan butunlay çiqarib taşlaş haqida gapiriş hozirça erta, uning saylovlarda iştirok etiş va ğalaba qozoniş ehtimoli hanuz mavjud.
Suhbatni batafsil Kun.uz'ning YouTube sahifasida tomoşa qilişingiz mumkin.
NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlaşdi.











