Şartnomalarning imzolanişi Anorbankʼning xalqaro hamkorligini rivojlantirişdagi muhim qadam hisoblanadi. Bu bank barqaror rivojlaniş, moliyaviy imkoniyatlar va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni qöllab-quvvatlaş tamoyillariga strategik sodiqligini aks ettiradi. Uşbu hamkorlikning amalga oşirilişi milliy iqtisodiyotni yanada rivojlantiriş va tadbirkorlik ekotizimini mustahkamlaşga salmoqli hissa qöşadi.

BlueOrchard Finance Ltd haqida

BlueOrchard — ijtimoiy ta’sirli investitsiyalar sohasidagi yetakçi global boşqaruv kompaniyasi va Schroders guruhining a’zosi hisoblanadi. Ijtimoiy ta’sirli investitsiyalar (impact investing) sohasining asosçisi sifatida, kompaniya jamiyat va atrof-muhit uçun uzoq muddatli ijobiy natija yaratişga intiladi, ayni paytda investorlarga jozibador daromad ta’minlaydi. BlueOrchard 2001-yilda BMT taşabbusi bilan dunyodagi birinçi mikromoliyaviy qarz investitsiyalarining tijorat boşqaruvçisi sifatida taşkil etilgan. Bugungi kunda kompaniya rivojlanayotgan va yangi bozorlardagi millionlab tadbirkorlarni investorlar bilan boğlagan holda, turli xil aktiv sinflarida ijtimoiy ta’sirga ega investitsiya yeçimlarini taklif etadi. Bu orqali investitsiya yeçimlarini barçaga oçiq qiliş va kapitaldan ongli foydalanişga hissa qöşadi.

Innovatsion aralaş moliyaviy vositalar sohasidagi professional boşqaruvçi va ekspert sifatida BlueOrchard kuçli xalqaro investorlar bazasiga ega va yetakçi global taraqqiyot institutlarining işonçli hamkori hisoblanadi. 2024 yil dekabr holatiga köra, BlueOrchard investitsiyalari rivojlanayotgan va yangi bozorlarda 300 milliondan ortiq insonni qöllab-quvvatlagan. Qöşimça ma’lumotlarni www.blueorchard.com saytidan olişingiz mumkin.

Anorbank — Özbekistonning birinçi milliy raqamli banki va moliya bozorining faol iştirokçisi. Bankning vazifasi mijozlar ehtiyojlarini oldindan anglagan holda vaqtni tejaydigan işonçli mahsulotlar yaratişdan iborat.

Reklama huquqi asosida