Markaziy bankning Bank nazorati qömitasi tomonidan noyabr oyida ötkazilgan yiğilişlarda banklar, kredit va mikromoliya taşkilotlari faoliyatiga oid 41 ta masala körib çiqildi, deya xabar berdi regulyator matbuot xizmati.

Körib çiqilgan masalalarning 31 tasi röyxatga oliş va ruxsat beriş yönalişida tögri kelgan. Şu jumladan, kredit taşkilotlari ustaviga kiritilgan özgartirişlarni röyxatdan ötkaziş (5 ta), yangi oçilayotgan mikromoliya va kredit taşkilotlarini hisob röyxatidan ötkaziş (5 ta), mikromoliya taşkilotini reyestrdan çiqariş (1 ta), kredit taşkilotlarining ustav fondidagi uluşiga egalik qiliş uçun ruxsat beriş (4 ta), banklarning auditorlik tekşiruvlarini ötkaziş huquqi uçun auditorlik malaka sertifikatini beriş (4 ta) şuningdek, tijorat banklari kuzatuv kengaşi va boşqaruvi a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini körib çiqiş (12 ta) bilan boğliq masalalar muhokama qilingan.

Şu bilan birga, kredit taşkilotlarining moliyaviy holatiga oid 10 ta masala — Markaziy bankning körsatmalari va prudensial me’yorlari talablarining bajarilişi, tijorat banklari, kredit va mikromoliya taşkilotlarida ötkazilgan inspeksiya natijalari, bank xizmatlari iste’molçilarining huquqlarini himoya qiliş, şuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga, terrorizmni moliyalaştirişga va ommaviy qirğin qurolini tarqatişni moliyalaştirişga qarşi kuraşişga qaratilgan masalalar ham muhokama qilingan.

Prudensial normativ talablariga rioya etilmaganligi, öz faoliyatini qonunçilik hujjatlari talablariga belgilangan tartibda muvofiqlaştirmaganligi hamda inspeksiya tekşiruvlari davomida aniqlangan kamçiliklar uçun 1 ta mikromoliya va 1 ta tölov taşkilotlari çora va sanksiyalar qöllanişi töğrisida ogohlantirilgan.

Şuningdek, Markaziy bank talablari va ötkazilgan inspeksiya tekşiruvlari davomida hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga, terrorizmni moliyalaştirişga va ommaviy qirğin qurolini tarqatişni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş qoidalariga rioya qilinişida aniqlangan qoidabuzarliklar uçun 4 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qöllangan.