Kogonlik fermer öz misolida sohadagi muammolarni oçiqladi: hokimlik va boşqa idoralarning işiga aralaşuvi, bosimlar, moliyaviy qiyinçiliklar, sohani böğayotgan boşqa illatlar haqida gapirdi. Norjon Hodiyeva dardini ayta olmayotgan köplab hamkasblari nomidan söz yuritib, islohotlar mahalliy hokimiyat tuzilmalariga yetib bormayotgani, oqibatda fermerlar omon qoliş uçun doimiy kuraş holatida ekanini aytmoqda.
“Men gapiryapman, çunki köpçilik erkak fermerlar bularni ayta olmaydi. Ular qarzga botib, botqoqqa botib ketyapti”, deb ta’kidladi qariyb 18 yildan beri işlab kelayotgan “Behruz Feruz zamini” fermer xöjaligi rahbari Norjon Hodiyeva. “Bu bosimlar fermerlar oyoqqa turib olişiga yöl qöymaslik uçun ataylab qilinadi, mahalliy idoralarning özaro til biriktirişi oqibatida fermerlar yakkalanib, himoyasiz qolmoqda. Ular uçun fermerning rejasi tölmasligi kerak, botqoqqa botişi kerak. Bu işlar köpinça fermerlarning bankrot bölişiga olib keladi. Fermer dodini kimga aytsin? Xudoga aytadi-yu, ötiradi, boşqa iloji yöq. Yoki oxiri bankrot bölib, sohadan çiqib ketişi kerak”, – deydi u.
Moliyaviy mustaqillik va banklar bilan boğliq muammolar
Fermer hikoyasining markaziy mavzularidan biri — moliyaviy muammolar, ayniqsa, faoliyat uçun hal qiluvçi ahamiyatga ega bölgan qişloq xöjaligi kreditlari masalasi.
“Bank meni boşqarmasin, oladigan pulimni özim tasarruf qilay”, — deydi Norjon Hodiyeva.
Fermer ayol, agar moliyaviy erkinlik berilsa, dehqonlar hosildorlikni keskin oşirişi mumkinligiga işonç bildirar ekan, agrar sohadagi işlatilmayotgan ulkan salohiyatga e’tibor qaratdi.
“Bizga ham boşqa davlatlardagidek pulimizni öz ixtiyorimizga bersin. 1 milliard söm kredit olsam, öşa 1 milliardni töliq qölimga topşirsin. Ana öşanda men paxta rejasini 200 foiz qilib bajarib beraman. Amalda kreditlar ataylab keçiktirilib, eng zarur agrotexnik tadbirlarni ötkaziş imkonsiz bölib qolganda ajratiladi. Bu esa, öz navbatida, hosilning nobud bölişiga olib keladi”, — deydi fermer.
“Poyezd ötib ketgandan keyin pul beradi bank! Dorini öz vaqtida sepiş, agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida bajariş kerak, lekin ular pulni bermaydi. Mablağlarni oliş jarayoni fermerlar uçun haqoratli tus olgan, xalq rizqi bölgan yerni haydaş uçun kerakli sarmoyani sörab, yolvorişga majburmiz. Bankka kamera örnatsangiz, fermerlarning yalinib ötirganini körasiz. Axir u öz tomorqasi yoki rözğori uçun işlayotgani yöq, bu — xalqning rizqi! Ber pulni, nomard!”
















