Özbekistonda 2025 yilda oğir turdagi jinoyatlar kamaydi. Bu haqda Içki işlar vazirligi tomonidan ötkazilgan matbuot anjumanida aytib ötildi.

Ma’lum qilinişiça, joriy yilning ötgan qismida respublikada qotillik, qasddan badanga oğir şikast yetkaziş, öğrilik, talonçilik, bosqinçilik, firibgarlik, bezorilik kabi jinoyatlar ötgan yilga nisbatan kamaygan. Nomusga tegiş jinoyati esa 6 foizga oşgan.

Sönggi 5 yilda respublika böyiça 49 898 ta narkojinoyat aniqlanib, 10,5 tonnadan ortiq giyohvand moddalari olingan. Tahlil qilib körilganda, bu turdagi jinoyatlarning yildan yilga köpayiş tendensiyasi kuzatilgan. Masalan, 2021-2024 yillarda sintetik giyohvand vositalarini qölbola usulda işlab çiqaruvçi 11 ta narkolaboratoriya aniqlangan bölsa, joriy yilning 11 oyida 13 ta narkolaboratoriya foş etilgan. Sönggi 5 yilda noqonuniy muomaladan olingan sintetik giyohvand vositalari miqdori 20 baravarga, kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari 9 baravarga, geroin, opiy, gaşiş kabi oğir turdagi giyohvand vositalarining noqonuniy aylanmasi 3 baravarga oşgan.

Qayd etilişiça, sönggi 5 yilda respublika böyiça 1 068 ta uyuşgan guruh tarkibidagi 4 217 nafar şaxs tomonidan 5 358 ta jinoyat sodir etilgani aniqlanib, ularning faoliyatiga çek qöyilgan. Uyuşgan guruhlarning 71 tasi davlatlararo, 240 tasi viloyatlararo hamda 344 tasi viloyat hududida hamda 413 tasi tuman miqyosida faoliyat yuritgan. Ularning 351 tasi mulkiy, 209 tasi iqtisodiy, 63 tasi jamoat tartibiga, 31 tasi şaxsning hayoti va soğliğiga qarşi, 23 tasi korrupsiyaviy, 22 tasi mansabdorlik, 21 tasi giyohvandlik, 15 tasi odam savdosi, 12 tasi terrorizm bilan şuğullanib kelgan.

2025 yilda içki işlar tizimida öz xizmat vazifasini ado etiş çoğida 6 nafar xodim vafot etgan, 131 nafari jarohat olgan.

Matbuot anjumanida vazirlik tomonidan fuqarolar murojaatlarini körib çiqişning yangi amaliyoti yölga qöyilgani ham aytib ötildi.

Unga köra:

  • içki işlar organlari xodimlarining noörin xatti-harakatlari norozilik mazmunida kelib tuşgan har bir murojaat “favqulodda holat” deb hisoblanadi;
  • içki işlar organlari xodimlarining noörin xatti-harakatlari böyiça har qanday şaklda qilingan murojaat qat’iy qoida tariqasida 10 daqiqa içida tuman-şahar IIB boşliğining ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari hamda Şaxsiy xavfsizlik bölinmalariga yetkaziladi;
  • tuman-şahar IIB boşliği örinbosari hamda Şaxsiy xavfsizlik bölinmalari xodimlari dastlab murojaat muallifi bilan 10 daqiqa içida telefon orqali boğlanadi, söng joyiga çiqqan holda murojaatçi bilan şaxsan uçraşib, 3 soat içida uning murojaatini örganib, holatga aniqlik kiritadi;