AQŞ prezidenti Donald Tramp Özbekiston va Qozoğiston prezidentlari bilan telefon orqali muloqot qildi va ular kelasi yilgi Katta yigirmatalik sammitiga taklif qilinişi aytdi. Bu haqda u özining Truth Social tarmoğida ma’lum qildi.
2026 yilgi G20 sammiti bir yildan keyin – 14-15 dekabr kunlari AQŞning Mayami şahrida bölib ötişi közda tutilgan.
Özbekiston prezidentining matbuot xizmatiga köra, Şavkat Mirziyoyev va Donald Tramp örtasidagi muloqotda oliy darajada erişilgan kelişuvlar ijrosining borişi, şuningdek, Özbekiston – AQŞ strategik şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantiriş istiqbollarini körib çiqilgan.
"Tomonlar oliy darajadagi faol muloqotlarni davom ettiriş niyatini tasdiqladi va amaliy hamkorlik böyiça qöşma taşabbus va dasturlarni ilgari surişga kelişib oldi. Özbekiston prezidenti Amerika yetakçisini özi uçun qulay muddatda mamlakatimizga taşrif bilan kelişga taklif etdi", - deyiladi xabarda.












