“Notarial harakatlarni video-konferens-aloqa rejimi orqali amalga oşiriş tartibi töğrisida”gi nizom loyihasi işlab çiqildi.
Nizom loyihasiga köra, notarial harakatlar video-konferens-aloqa rejimida E-notarius.uz axborot portali hamda “Notarius” avtomatlaştirilgan axborot tizimi orqali taşkil etiladi. Mazkur xizmatlar video-konferens-aloqa orqali faqat Özbekiston fuqarolari va yuridik şaxslari uçun körsatiladi.
Tartibga muvofiq, murojaat qiluvçi elektron tarmoqda şaxsini tasdiqlagan holda röyxatdan ötadi, xizmat şartlari bilan tanişib roziligini tasdiqlaydi hamda amalga oşirilişi söralayotgan notarial harakat böyiça ma’lumotlarni kiritadi. Notarius murojaat kelib tuşgan kundan boşlab 1 iş kuni içida hujjatlarni örganib, kamçiliklar mavjud yoki mavjud emasligi haqida xabarnoma yuborişi belgilangan.
Şaxsni aniqlaş jarayonida murojaat qiluvçi hujjat taqdim etmagan holda ham hujjat rekvizitlari asosida zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida identifikatsiya qilinib, biometrik ma’lumotlar (Face-ID) orqali verifikatsiya qilinadi. Şu bilan birga, notarius videomuloqot davomida şaxsning aynan özi ekanini tizim yordamida qöşimça tekşirişi közda tutilgan.
Nizomda video-konferens-aloqa orqali amalga oşirilgan notarial harakatlar böyiça videoyozuvlar avtomatik ravişda yozib olinişi va tizimda saqlanişi, şuningdek mazkur videoyozuvlar notarial harakat tasdiqlanganining (imzolanganining) asosi hisoblanişi belgilangan.
Şuningdek, notarial harakat taraflari videomuloqot vaqtida ular joylaşgan joyda boşqa şaxslar bölmasligi, muhit şovqinsiz va yoruğ bölişi hamda videotasvir tiniq körinişi talab etiladi. Zarur hollarda notarius joyni 360 daraja körsatişni söraşi mumkin.












