Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
AQŞ Nigeriyadagi IŞID jangarilariga zarba berdi
AQŞ Nigeriya şimoli-ğarbidagi «IŞID» jangarilariga qarşi zarba berdi. Bu haqda 25 dekabr kuni prezident Donald Tramp va AQŞ harbiylari ma’lum qildi.
«Bugun keçqurun mening körsatmam bilan AQŞ — Şimoli-Ğarbiy Nigeriyada asosan begunoh nasroniylarni nişonga olib, vahşiyona öldirib kelgan IŞID terrorçilariga qarşi kuçli va halokatli zarba berdi», — dedi Tramp.
AQŞ Harbiy-havo kuçlarining Afrika böyiça qömondonligiga köra, zarba Sokoto ştatida Nigeriya rasmiylari bilan muvofiqlaştirilgan holda amalga oşirilgan. Reutersʼning yozişiça, qömondonlik dastlab zarba Nigeriya rasmiylari iltimosiga binoan amalga oşirilganini yozgan, biroq keyin bu bayonotini öçirib yuborgan.
AQŞ noyabr oxiridan beri Nigeriyaning katta hududlari ustida razvedka ma’lumotlarini yiğib kelgan. AQŞ mudofaa vaziri Pit Hegset esa bu amaliyotlarning «davomi bölişini» aytdi.
Nigeriya Taşqi işlar vazirligi zarba AQŞ bilan davom etayotgan xavfsizlik hamkorligi doirasida amalga oşirilganini tasdiqladi.
Nigeriya hukumati qurollangan guruhlar — musulmonlarni ham, nasroniylarni ham nişonga olişini aytgan. Şuningdek, hukumat AQŞning Nigeriyada nasroniylar ta’qib qilinayotgani haqidagi da’volariga qöşilmaydi. Şu sababli, Nigeriya jangari guruhlarga qarşi kuraşda AQŞ bilan hamkorlik qilişga rozi bölgani aytilmoqda.
Putinga tilangan ölim
Yil yakunida ukrainaliklarga an’anaviy murojaat qilgan prezident Volodimir Zelenskiy hamma bu keça bitta tilakka ega ekanini — Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ölimini tilaşayotganini aytdi.
«Rojdestvo keçasida orzungizni aytsangiz, u albatta, amalga oşadi deb işonamiz. Bugun barçamiz bitta orzuni bölişamiz. «U yöq bölsin» har birimiz içimizda şunday öylaşimiz mumkin», — dedi Zelenskiy Putinning ismini tilga olmasdan unga işora qilib.
Zelenskiy ukrainaliklar mustaqillik uçun uruşning ketma-ket törtinçi yilida ham öz yeri va oilalarini himoya qilişda davom etayotganini aytgan.







