«Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xotin-qizlar va bolalarning huquq hamda erkinliklari himoyasini yanada kuçaytirişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi, deb xabar berdi Adliya vazirligi.

Loyihaga köra, yon şajara böyiça 2-, 3- va 4-darajadagi qarindoşlar - toğa va amaki, amma va xola öz jiyanlari bilan, şuningdek, toğavaçça, amakivaçça, ammavaçça va xolavaççalar örtasida nikoh tuzişga yöl qöyilmasligi belgilanmoqda.

Biroq, nikohlanuvçi tomonlardan biri farzandlikka olingan yoki ögay farzand bölgan hollar, agar farzandlikka olingan nikohlanuvçi şaxs nikohlanuvçi 2-şaxsga haqiqatda 1-, 2-, 3- va 4-darajali qarindoş bölmasa bundan mustasno.

Şuningdek, nikohga kirişni xohlovçilarning arizasiga köra homiladorlik, bola tuğilişi bilan boğliq holatlarda nikoh davlat röyxatidan ötkaziladigan joydagi tuman, şahar hokimi nikoh yoşini köpi bilan 1 yilga kamaytirişi mumkinligi belgilanmoqda.

Bundan taşqari, nikoh yoşiga yetmagan şaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirişiş, şunday qilmiş uçun ma’muriy jazo qöllanilganidan keyin sodir etilgan bölsa, BHM 50 baravaridan 100 baravarigaça (20 mln 600 ming sömdan 41 mln 200 ming sömgaça) miqdorda jarima yoki 240 soatdan 300 soatgaça majburiy jamoat işlari yoxud 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan jazolanişi belgilanmoqda.

Amaldagi qonunçilikda uşbu jinoyat uçun BHM 20 baravaridan 30 baravarigaça (8 mln 240 ming sömdan 12 mln 360 ming sömgaça) miqdorda jarima yoki 240 soatgaça majburiy jamoat işlari yoxud 1 yilgaça axloq tuzatiş işlari jazo çoralari belgilangan.